Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet216/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

3. Prezident maqomi.
Boshqaruvning prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshliga hisoblanadi, ayni vaqtda, ijro hokimiyatini boshqaradi, faqat o’zi oldida javobgar bo’lgan hukumatni tuzadi.
AQSH, Lotin Amerikasining ko’pchilik mamlakatlari, ko’plab arab davlatlari, ba’zi Afrika davlatlari prezidentlik respublikalari hisoblanadi.
Boshqaruvning prezidentlik shaklini yaratishning ilk bosqichi Frantsiyaning 1958 yilgi Konstitushyasida amalga oshiriddi. U yoki bu o’ziga xos xususiyatlari bo’lgani holda prezidentlik respublikasi boshqa davlatlarda ham qabul qilingan (Rossiyaning 1993 yilgi Konstitutsiyasi).
Prezident davlat hokimiyati tizimida turli xolatlarda bo’lishi mumkin, masalan faqat davlat boshlig’i – Germaniya, bir vaqtda ham davlat boshlig’i hamda ijro hokimiyatining boshlig’i – AQSH, Braziliya, davlat boshlig’i va hukumatning deyarli boshlig’i – Misr, Frantsiya va h. Bundan tashqari uning vakolat muddati ham turlicha – Latviyada – 3 yil, AQSHda 4 – yil, Braziliyada 5 – yil, Misrda 6 – yil, Frantsiyada – 6 yil.
Zamonaviy davlatlarning konstitutsiyalarida prezident lavozimiga nomzodlar va uni saylash tartibiga qo’yiladigan shartlar belgilab qo’yilgan. Umuman, hamma yerda prezident lavozimiga nomzodlarga yuqori talablar qo’yiladi:
birinchidan, yosh tsenzi: AQSH, Rossiyada — 35 yosh, GFRda — 40 yosh, Italiyada — 50 yosh;
ikkinchidan, tug’ilishi bilan ushbu mamlakat fuqarosi bo’lish, saylovgacha mamlakatda uzoq muddat yashash: Rossiyada — 10 yil, AQSHda — 14 yil;
uchinchidan, prezident lavozimining boshqa dav-lat yoki tijorat faoliyati bilan qo’shib olib borilmasligi.
Germaniya va AQSH kabi davlatlarda prezident faqat ikki marta saylanishi mumkin. Argentinada esa ikki marta saylashga yo’l qo’yilsa-dab birinchi bor – 6 yil, ikknichisida esa – 4 yil. Meksikada faqa bir marotaba olti yilga saylanadi. Meksika Konstitutsiyasiga ko’ra, sobiq prezident shu lavozimga qayta saylanishi yoki vaqtinchalik egallashi ham mumkin emas.
Pezident huquqiy holati deyarli oddiy, lekin bu uning siyosiy vakolatlariga tegishli emas. Qoidaga ko’ra davlat boshlig’ining vakolatlari vaqt bilan chegaralangan. SHu bilan birga, asosiy qonunga ko’ra prezidentlik mansabi shaxs tomonidan umrbod egallashi mumkin. Lekin har qanday sharoitga ham prezidentlik meros qilib qoldirilmaydi.
Prezidentlik mansabini egallash to’g’ridan to’g’ri, egri saylov yoki parlament tomonidan saylash asosida amalga oshiriladi. Prezident mansabini avtomat tarzda egallash xollari ham uchraydi. zambiyaning 1964 y (1868-70 yillaridagi o’zgarishlar bilan) asosiy qonunga ko’ra prezidentlikka nomzod faqatgina bitta partiya tomonidan qo’ylgan bo’lsa, raqobatchilar bo’lmagan hollarda, nomzod hech qanday saylovlarsiz davlat boshlig’i bo’ladi.
Bundan tashqari, prezidentni saylashning tuli yo’llari mavjud.
1. Parlamentda saylash (CHexiya, Slovakiya, Vengriya, Turkiya va Albaniya). Bu tur saylov yo’lida nomzod mutlaq ko’pchilikning ovoziga ega bo’lishi lozim.
2. Tanlanganlar tomonidan ovoz berish. Unda saylovchilar prezidentga ovoz beruvchilarni saylaydilar, partiyalar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarga esa tanlangan saylovchilar ovoz beradi. (Argentina, AQSH).
3. Maxsus saylov kollegiyasi tomonidan ovoz berish ( Germaniyada – Federatsiya Majlisi, Italiyada – quyi palata deputatlari va shuncha miqdorda yer egalari, kollegiya, viloyat deputatlari kengashi yig’ilishi, Hindistonda – parlamentning ikkala palatasida tayinlagan a’zolari hamda shtatlar qonunchilik yig’ilishi).
4. Saylovchilar tomonidan bevosita ovoz berish (Meksika, Ukraina, Frantsiya)
Prezidentlik mansabini egallash va bu mansani egallab turishni bir qator shartlari mavjud. Prezident o’sha davlat fuqaroligida bo’lishi shart, yosh tsenziga mos kelishi kerak, haq to’lanadigan boshqa ishlarni bajarmasligi, deputat bo’lmasligi boshqa xizmatlarni bajarmasligi va umuman tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi shart.
Xuddi monarxga o’xshab respublika davlat boshlig’i ham daxlsizlikka ega. Unga tajovuz qilish, boshqa fuqarolarga tajovuz qilishga qaraganda jinoyat qonunchiligida o’ta og’ir jinoyat deb klassifikatsiya qilinadi.
Prezident – javobgar shaxsdir. Biroq uning javobgarlik tartibi muhimdir. Respublika boshlig’i siyosiy javobgarligi shart. Bu saylovchilar oldidagi javobgarligidir. Saylovchilar prezident siyosatiga negativ munosabatlarini qoidaga ko’ra, keyingi saylovlarda va bitta shart bilan, agarda prezident saylovida nomzodini qo’ygan bo’lsagina bildirishlari mumkin. Prezidentning fuqarolar oldidagi javobgarligi saylovlarda uning partiyasini qo’lab quvvatlamasligida namoyon bo’ladi.
SHuningdek ko’p mamlaktlarda prezidentning huquqiy javobgarligi chegaralangan. Finlyandiya, Frantsiyada prezident faqatgina o’z funktsiyasini bajarishda harakatlari bog’liq bo’lsa javobgarlikka tortiladi. AQSH Konstitutsiyasiga ko’ra prezident xoinlik, sotqinlik va boshqa og’ir jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladi. Germaniyada prezident ongli ravishda qonun buzganda javobgar bo’ladi, bundan ko’rinib turibdiki, extiyotsizlik orqasidan qonun buzganda javobgarlikdan ozod qilinadi.
SHuni ham aytib o’tish kerakki, prezidentni javobgarlikka tortish jarayoni muhim bo’lib xisoblanadi. Unda o’z roliga ega bo’lgan bir necha instantsiya amal qilinadi. Masalan, parlament quyi palatasi ayblovni olib boradi, davlat boshlig’ining aybdorlik masalasini yuqori palata hal qiladi. 2ta palata bir vaqtning o’zida yoki ularda birovi ayblovni olib borishi mumkin, shundan so’ng prezidentningaybdorligi to’g’risidagi masala Oliy yoki Konstitutsion sud tomonidan xal qilinadi.
Prezidentlik va yarimprezidentlik respublikalarida prezident parlament oldida javobgar emas ( impichmentdan tashqari).
Agar aybdorlik o’rnatilsa, unda prezident mansabidan chetlashtiriladi va bilan jarayon tugallanishi mumkin. Agarda u davom ettiriladigan bo’lsa, ish parlamentdan sudga (odatda Oliy sudga) oshiriladi va sud jazo to’g’risida qaror qabul qilinadi. bu jarayon Angliyada ishlab chiqilgan bo’lib, yuqori mansabdorlarga nisbatan qo’llanilgan va impechment nomini olgan.
Prezidentga alohida ta’minlanish huquqi berilgan odatda uning vakolatlari muddati davomida o’zgarmaydigan yuqori maosh; rezidentsiya va transport vositalaridan foydalanish huquqi; vakillik xarajatlarini to’lashi;o’zining shaxsini qo’riqlash, oila a’zolarining xavsizligi huquqi va boshqalar. U o’z rezidentsiyasiga ega bo’lish doirasida bir qancha imtiyozlari mavjuddir. Bundan tashqari, qo’riqchilar, prezidentlik timsoli bo’lmish shtandarti – bayrog’iga ega bo’lish ham ularning huquqidir. Ko’pgina davlatlarda prezidentga murojaat qilishning alohida usullari, ya’ni hurmat bilan balandparvoz so’zlar bilan atab chaqirish odat tusiga kirgan. Prezident maoshi parlament tarafidan belgilanadi va ko’pincha mansabdor shaxslar ichida eng yuqori maosh oladi.
Davlat huquqi prezident va uning vakolat muddati oldin ketishi bilan bog’liq munosabatlarni ham tartibga soladi. Bu uning vafot etgan xollarda, mansabidan mahrum qilinganida (impichment), davlat boshlig’ining o’z vazifalarini bajarish imkoni bo’lmagan holatlarda bo’lishi mumkin.
Vazifasini bajara olmasligi yo prezidentning o’zini arizasiga ko’ra yoki uni ishtirokisiz o’rnatilishi mumkin. Birinchi holatda u o’zining faoliyati qayta tiklanganligini e’lon qilishi mumkin. ikkinchidan esa prezidentni o’z vazifasini bajara olmasligi sud, parlament yoki vazir, parlament boshliqlaridan iborat kollegiya tomonidan o’rnatilishi mumkin. Bunda prezident ularning qaroriga e’tiroz bildirish va o’z vakolatlarini amalga oshirishni qayta tiklash huquqiga ega bo’ladi. Aytib o’tish kerak, amaliyotda prezident vakolatlari kasallik, qarilik sababi bo’yicha va shu kabi xollarda to’xtalishi uchramaydi.
Prezidentning muddatidan oldin ketish vaqti bo’yicha 2ta natija bo’lishi mumkin. Birinchidan, unga davlat boshlig’i vazifasini bajaruvchi o’rinbosar tayinlanishi mumkin. O’rinbosarlar vaqtinchalik yoki ular o’rinini egallagan prezident vakolat muddati tugaguncha harakat qilishi mumkin. Masalan, italiyalik prezidenti Senat vaqtinchalik almashtirib turishi mumkin, AQSHda esa qonun bo’lmagan prezidentni almashtiruvchi mansabdor shaxslar doirasini belgilaydi ( vitse – prezident, 14tadan iborat kabinet a’zolari), shuningdek ular o’rtasida navbat o’rnatadi.
Ikkinchidan prezidentning bo’shashidan keyin navbatdan tashqari saylovlar o’tkazilishi mumkin. Biroq uni prezident tamoman bo’shatilgan holatlarda tayinlanishi mumkin. Tamoman bo’shatilish u vafot etgan, mansabidan voz kechgan yoki mahrum qilingan hollarda agar prezident vazifalarini bajara olmasligi doimiy deb tan olinganda bo’lishi mumkin.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling