Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet219/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Parlamentning vakolatlari.
Parlament o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun unga Konstitutsiya bo’yicha bir qanday vakolatlar beriladi. Vakolatlar birgalikda uning vakolatlar doirasini tashkil qiladi. Bu vakolatlar doirasi nafaqat parlamentning huquqiy holati va jamiyatning siyosiy hayotidagi o’rnini, balki uning davlat hokimiyatining boshqa oliy organlari bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarini aniqlab beradi.
Vakolatlari doiracining hajmiga ko’ra uni uchga bo’lish mumkin:
1) mutlaq aniq vakolatlar doirasiga ega bo’lgan parlamentlar;
Bunday parlamentlar federativ va markazlashtirilmagan unitar davlatlar uchun xosdir. Bunday davlatlarda markaziy hokimiyat federatsiya sub’ektlari yoki boshqa hududiy birliklar huquqlari bilan konstitutsiya tomonidan cheklanadi. Bu guguhga AQSH, Frantsiya , Ispaniya parlamentlarini kiritishimiz mumkin.
2) mutlaq, lekin aniq bo’lmagan vakolatlar doirasiga ega bo’lgan parlamentlar (ya’ni har qanday masala yuzasidan qonun chiqarish huquqiga ega bo’lgan va yuridik jixatdan cheklanmagan vakolatlarga ega bo’lgan);
Bunga yaqqol misol sifatida Buyuk Britaniya parlamentini olishimiz mumkin. Angliyada bir necha asr oldin parlamentning ustuvorligi printsipi tasdiqlangan edi va bu printsip uning qonun chiqaruvchi oliy organ sifatidagi huquqiy holatini belgilab bergandi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, parlament qonun chiqarish sohasida biror bir konstitutsiyaviy akt bilan bog’langan emas. Parlament qonun chiqarish jarayonining oddiy tartibida xohlagan bir qonunni qabul qilishi, bekor qilishi yoki o’zgartirishi mumkin va hech kim (shu bilan bir qatorda sud ham) parlament aktining konstitutsiyaviyligini shubha ostiga olishi mumkin emas.
Bu guruhga yana shartli ravishda Yangi Zelandiya, Yaponiya, Italiya va Irlandiya parlamentlarini kiritishimiz mumkin.
3) Nisbiy aniq vakolat doirasiga ega bo’lgan parlamentlar.
Qonun chiqarish vakolati.
Hokimiyatlarning bo’linish nazariyasiga ko’ra, qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillik organi hisoblangan parlamentga tegishli bo’lishi kerak. Umuman konstitutsiyalarda mustahkamlab qo’yilgan parlamentning qonun chiqarish borasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
1) Qonun chiqarish tashabbusi huquqi.
5. Parlament tuzilishi va palatalarining tashkil qilinishi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling