Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh Vazir to’g’risida
- Hukumat tarkibiga
Hukumat boshlig’i – boshlig’i yoki uning o’zini boshqaruvchi qismi oliy kollegial organining rahbari. Turli mamlakatda Hukumat boshlig’i turlicha nomlanishi mumkin: bosh vazir, premьer ministr, vazirlar kengashining raisi, vazir-rais, davlat vaziri, federal kantseler va h.k. Hukumat boshlig’ining lavozimga davlat rahbari tayinlaydi; parlamentar davlatlarda, shuningdek, aralash tipidagi respublikalarda odatda parlament saylovlarida g’alaba qozongan partiyaning yetakchisi yoki hukumat koalitsiyasini tuzgan partiyalarning yetakchilaridan biri hukumat boshlig’i bo’ladi.
Bosh Vazir to’g’risida. Hukumat boshlig’i turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Masalan, Bosh Vazir, Vazirlar Kengashi raisi, Federal kantsler va boshqalar. Ularning huquqiy maqomi bir qator davlatlar konstitutsiyalarida mustahkamlab qo’yilgan Germaniya Federativ Respublikasining asosiy qonuni bo’lgan konstitutsiyasining 65-moddasida quyidagicha yozilgan. SHunga o’xshash holat Italiya konmtitutsiyasining 95-moddasida ham mavjud. Unda yozilishicha, ”Vazirlar Kengashi Raisi hukumatning butun siyosatiga boshchilik qiladi va u uchun javobgar hisoblanadi”. Buyuk Britaniyada Bosh Vzir hukumat a’zolarini tayinlaydi, vazifalarini belgilab beradi va chaqirib oladi, ularning faoliyatini boshqarib turib, ularning vakolat doirasini ham belgilaydi. U mahkamani shakllantiradi va uning ish tartibini belgilaydi, uning qarorlarini tekshirib chiqadi. Bosh Vazir keng farmoyishli xarakterdagi hokimiyatga ega bo’lib, hukumat farmonlarini chiqaradi va ularga imzo chekadi. U monarxga nomigagina tegishli bo’lgan ko’p vakolatlarni amalga oshiradi. SHu jumladan umum palataning muddati tugamasdan uni tarqatib yuborish vakolati ham bosh vazir vakolatlari doirasiga kirmasada, u buni amalga oshira oladi. Hozirgi amaliyot shuni ko’rsatib turibdiki, Bosh vazir qoida bo’yicha shaxsan davlatning tashqi siyosatiga boshchilik qiladi. Bosh vazirning qo’lida to’plangan hokimiyat va va uning vakolatlari doirasida shu darajada kengki, ayrim davlatshunoslar uni xattoki,saylangan manarx ham deb atashadi. Britaniya hukumati boshlig’i hokimiyatni amalga oshirish vakolatlari bo’yicha va hokimiyatning oliy organlari tizimidagi holat bo’yicha AQSH prezidentidan juda ham o’xshab ketadi. SHu bilan bir vaqtda Umum palatada ko’pchilik o’rniga o’ringa ega bo’lgan partiyaning yetakchisi sifatidagi uning holati unga parlametga shunchalik darajada ta’sir qilish imkoniyatini beradiki, hatto bunday imkoniyat AQSH prezidentida yo’q. GFR, Yaponiya, Kanada va boshqa bir qator davlatlarda davlat boshlig’ining roli va holati bir biriga juda o’xshab ketadi. Koalitsion xukumat mavjud bo’lgan davlatlar (Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya va boshqalar)da hokimiyatning bosh vazir qo’lida to’planganligi yaqqol ko’rinmasada, lekin davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilashda baribir hal qiluvchi rol o’ynashi tabiiydir. Ijroiya hokimiyat boshlig’i rolining o’sishiga davlat boshlig’i huzurida tashkil etilgan maxsus aparatlar ko’maklashib turadi. Bunday maxsus apparatlar tizimi ko’pincha konstitutsiyalarda ko’rsatilmaydi. Buni yashirishcha amaliyotda ko’rishimiz mumkin. Prezidentning ijroiya boshqarish-keng va keng tarmoqli bo’lgan apparat bo’lib, AQSHning tashqi va ichki siyosatining yo’nalishlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirishda rasmiy mahkama bilan muvofaqqiyat bilan musobaqalashib kelmoqda. Hukumat tarkibiga uning boshlig’idan tashqari odatda davlat vazirlari, vazirlar, stats-kotiblari va kichik vazirlar hamda stats-kotiblari kiradi.Ayrim davlatlarda davlat vazirlari lavozimi ( rais ) oddiy vazirdan yuqori turadi (Frantsiya, Partuguliya va boshqalar ), boshqalrida esa ular quyiroq hisoblanadi (Buyuk Britaniya ).Yaponiyada esa barcha hukumat a’zolari davlat vazirlari deb nomlanadi. Juda kam holatlarda vazirlikni bir varakayiga ikki va undan ortiq vazirlar boshqaradi. Bu finlandiya amaliyotidagi mashhur hodisalardandir. Stats-kotib deb nomlanadigan hukumat tarkibiga kiruvchi shaxslar departamentlarga boshchilik qilish uchun tayinlanadi va ular yo vazir o’rinbosari funktsiyalarini boshqaradi yoki bo’lmasa, idoraning ichkarida muayan bir faoliyatga boshchilik qiladi. Parlament kotiblari kamdan-kam holatlarda, ba’zi bir mamlakatlarda (Buyuk Britaniya va boshqalar) hukumat tarkibiga kiritiladi. Ularning asosiy vazifasi – parlament bilan aloqalarni va munosabatlarini ushlab turish va parlamentariylarga ta’sir o’tkazishdir. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling