Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Xorijiy mamlakatlarda parlament.
- Parlamentarizm
Tegishli nikoh. Monarx va uning familiyasining a’zolari shaxsiy hayotda erkin emas, ularning nikohi davlat ishi bo’lib hisoblanadi shuning uchun past tabaqali shaxs bilan nikohi, shu bilan birga avlodalarini ko’pchilik monarxiyalarda taxtiga bo’lgan huquqidan mahrum qiladi.
Monarxning real ustunliklari daxlsizlik, javobgar bo’lmaslik va alohida ta’minlanish huquqiga ega bo’lishi hisoblanadi. Har qanday monarx daxlsiz hisoblanadi. Bu imkoniyat uning hayotiga va sha’niga tajovuzlar hamma uchun taqiqlanishi anglatadi. Qirolning daxlsizligini ta’minlashda jinoyat qonunchiligi alohida jinoyat sostavini o’rnatadi, ya’ni monarxga suiqasd qilish oliy xazratlarini haqoratlash kabilar. Albatta bunday jinoyatlar uchun fuqarolar shaxsiyati va sha’niga tajovuz qilishga qaraganda alohida og’ir jazolar beriladi. Daxlsizlik tartibi dinastiya a’zolariga, asosan turmush o’rtog’i va merosho’r shaxzodalarga ham tadbiq qilinadi. Javobgar bo’lmaslik – monarxning eng xarakterli huquqidir. U 2ta aspektga ega: siyosiy va umumiy huquqiy. Monarx davlat boshlig’i sifatida qabul qilingan qarorlari uchun javob bermaydi. Agarda qabul qilingan siyosiy qaror uchun javobgarlik masalasi kelib chiqadigan bo’lsa, buning uchun faqatgina aktni tayyorlagan va ijro etgan, hukumat tarkibiga kiradigan shaxs javob beradi. Alohida ta’minlanish huquqi monarxning muhim imkonichtlari qatoriga kiradi. Bu huquqning muhim imkoniyatlari qatoriga kiradi. Bu huquqning mazmuni 2ta tarkibidan tashkil topadi: hukmronlik qilayotgan familiyaning harakatlari davlat byudjetidan to’lash, dinastiya mulki huquqi. 5.Xorijiy mamlakatlarda parlament. Parlament frantsuzcha co’z bo’lib “parle”- gapirmoq degan ma’noni anglatadi. Parlament hokimiyatlarning bo’linish printsipidagi umumdavlat vakillik organi hisoblanib, uning asosiy funktsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishdan iboratdir. Dastlabki vakillik muassalari ayrim bir qonun chiqarish vakolatlari bilan birga antik davrda paydo bo’lgan. Bu xalq majlisi bo’lib “ekkleziya” deb atalgan. U Perikl davrida paydo bo’lgan va urug’doshlik demokratiya organidan davlat hokimiyati organiga aylangan. Qadimgi Rim respublikasi davrida bo’lgan Senat esa dastlab qadimgiquriyalar asosida paydo bo’lgan, keyinchalik esa Respublikaning oliy mahkamassiga aylangan. Lekin baribir zamonaviy parlamentning vatani deb Angliya tan olingan. XIII asrda Angliya qiroli Ioann Yersiz “ Buyuk ozodlik xartiyasi” (1215 y) ni majburan imzolaganidan keyin bu hujjatga binoan qirollik kengashining roziligisiz qirolning o’zi yangi soliqlar kiritishga huquqi bo’lmagan. Bu esa yirik feodallar, oliy ruhoniylar va hududiy birliklar (grafliklar) vakillarining kuchayishiga olib kelgan vaular birgalashib yirk majlis tuzishgan. Keyinchalik esa bunga o’xshash vakillik muassasalari Frantsiyada, Ispaniyada, Polьshada va boshqa mamlakatlarda ta’sis etilgan va bora-bora bunday muassasalar hozirgi ko’rinishdagi parlamentga aylana boshlangan. Parlamentarizm - davlat hokimiyati tuzilishi bo’lib, bunda parlament imtiyozli mavqega ega va qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlarning funktsiyalari aniq belgilab qo’yilgan. Parlamentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Parlamentarizm tarixi Angliyada 1215 yilda qabul qilingan “ Buyuk Ozodlik Xartiyasi”dan boshlanadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling