Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi


Download 87.47 Kb.
bet1/19
Sana14.10.2023
Hajmi87.47 Kb.
#1702788
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-Sinf jahon tarixi


1-§. FRANSIYADA MARKAZLASHGAN DAVLATNING TASHKIL TOPISHI
Qirol hokimiyati. Avvalgi G‘arbiy Frank qirolligi bir-biridan mustaqil katta-kichik o‘nlab knyazliklarga bo‘linib ketadi. Knyazliklar merosga qoldirilganida yana bo‘linar, sulolaviy nikohlar natijasida qo‘ldan qo‘lga o‘tardi. Qirolning shaxsiy yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan – janubda Orleanga qadar joylashgan edi. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko‘proq hudud va aholiga ega edilar. Qirol domenida esa unga bo‘ysunmagan feodallar mustahkam qal’alar qurib joylashib olgan edilar.
Domen (lotincha, dominium – mulk) – qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati
bilan ishlanadigan yer-mulklari.
Qirol Lyudovik VI XII asr boshlaridan o‘z domenida tartib o‘rnatishga harakat qila boshlaydi. Qirol o‘zboshimcha baronlar qal’alarini buzib, ularni bo‘ysundiradi. U Burj va Sans shaharlarini o‘z yer-mulkiga qo‘shib oladi. Lyudovik VI ning omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo‘riga uylantirishi qirollik yerlarini yanada kengaytiradi.
Viloyatlar o‘rtasida mehnat taqsimoti. Fransiyada X–XI asrlarda qishloq xo‘jaligining, hunarmandchilik va savdo-ning o‘sishi boshlanadi. XII asrdan boshlab yangi o‘zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan to‘lanadigan bo‘ladi. Natijada dehqonlar yetishtirgan mahsulotlarining ma’lum qismini bozorga sotish uchun chiqaradi. Fransiyada feodallar o‘z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar. Bu tadbir dehqonning yerga munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.
Viloyatlar orasida mehnat taqsimoti boshlanib, Normandiya – temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol
yetishtirishga; Shampan va Burgundiya vinochilik, zig‘ir tolasidan surp to‘qishga; Flandriya jundan matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Savdogarlar bu mahsulotlarni Shampan yarmarkasiga olib borardi va ushbu mahsulotlar butun mamlakatga tarqalardi. Parij Fransiyaning eng katta hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo‘lib qoldi. Mehnat taqsimotining o‘sib borishi sababli viloyatlarning o‘z holicha yashashi tugadi. Savdo-sotiq ularni bir-biriga bog‘lab qo‘ydi. Viloyatlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ehtiyojlari feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi.

Download 87.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling