Mavzu: mehnatga oid munosabatlar reja: Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari


Download 73 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi73 Kb.
#1590703
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR


MAVZU: MEHNATGA OID MUNOSABATLAR


Reja:


1. Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi
2. Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari
3. Mehnat sohasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid munosabatlar.

Kalit so'zlar:
Mehnatga oid huquqiy munosabat. Mehnat huquqi va mehnat muomala layoqati. Mehnat huquqi sub'ektlari. Xodim. Ish beruvchi. Xodimlarning vakillik organi. Ish beruvchining vakillik organlari. Xodimlar vakillik organi va uning a'zolariga kafolatlar. Ishga qabul qilish yoshi. Mehnat huquqlarini himoya qilish. Muddatlar.


Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi

Har qanday huquqiy me'yor, avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchidir. Huquqiy munosabat amaldagi huquqiy me'yorlar asosida tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatdir.


Mehnatga oid huquqiy munosabat korxona, muassasa, tashkilotda xodim mehnatini qo'llash bo'yicha yuridik munosabatdir.
Moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ijtimoiy zarur xizmatlarni ko'rsatish, davlat va jamiyatni idora qilish aniq-muayyan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan kundalik faoliyat orqali ro'y beradi va ushbu faoliyatlar o'zaro qo'shilgan holda ijtimoiy mehnat munosabatlarini tashkil qiladi. Ularning huquqiy tartibga solinishi esa mehnat huquqining predmetini tashkil qiladi.
Mehnat huquqiy munosabatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular mehnat huquqini boshqa huquq sohalaridan (fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, biznes huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi) ajratib turadi. Mehnat munosabatlari uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
- xodimning aniq mehnat funksiyalarini (kasb, lavozim, mutaxassislik, malaka) bajarishi;
- mehnat funksiyalarini shaxsan bajarish;
- hokimlik-bo‘ysunish elementining mavjudligi;
- haq evaziga bajarish;
- xodimning mehnat jamoasi tarkibiga qo‘shilishi.
Iqtisodiy tushuncha sifatida mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining ajralmas qismini tashkil qiladi.
Mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining tarkibi sifatida ishlab chiqarish qurol va vositalariga mulkchilik shakli bilan, moddiy ne'matlar taqsimoti bilan bevosita bog'liqdir. Mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlariga xos bo'lgan xususiyatlarga (ob'ektiv ekanligi, ishlab chiqarish kuchlari o'zgara borishi bilan birga o'zgarishi) ega bo'ladi.
Mehnat munosabatlarining bevosita sub'ektlari xodim va ish beruvchi bo'lgani holda mehnatnining tashkil etilishi, mehnat munosabatlari tartibga solinishida ko'pgina boshqa sub'ektlar ham ishtirok etadilar (xodimlar va ish beruvchilar vakillik organlari, mahalliy hamda boshqa davlat idoralari va boshqalar).

Mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning bir qismi sifatida jamiyat taraqqiyoti darajasini, uning ob'ektiv ehtiyojlarini, taraqqiyot tendensiyalarini o'zida ifodalaydi.


Mehnat munosabatlari mehnat huquqi predmeti sifatida korxonadagi ichki tartib qoidalar doirasida, xodimning ish beruvchiga bo'ysunishiga asoslangan holda, xodim mehnat jamoasi tarkibiga kiritilishi orqali va bu jarayonning u bilan mehnat shartnomasi tuzilishi yo'li bilan amalga oshirilishi kabi jihatlari bilan bog'liq bo'ladi.
Yollanishga (mehnat shartnomasi tuzishga) asoslangan mehnat munosabatlarigina mehnat qonunchiligi ta'sir doirasida bo'ladi.
Menat sohasidagi huquq va burchlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lmasada, lekin mehnat qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko'ra mehnat huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.

Mehnat huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:


1) mehnat shartnomalari va boshqa bitimlardan;
2) qonunda mehnat huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida yaratilga sanoat mulklaridan ishlab chiqarishda foydalanishdan;
5) ish beruvchiga yoki xodimga zarar etkazish natijasida;
6) xodimlar va ish beruvchilarning boshqa harakatlari natijasida;
7) qonun hujjatlari mehnat-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog'laydigan hodisalar natijasida.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling