Mavzu: mehnatga oid munosabatlar reja: Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari


Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari


Download 73 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi73 Kb.
#1590703
1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR

Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari








Mehnat huquqiy munosabatlari o'zining ob'ekti, sub'ektlari doirasi va mazmuni bilan tavsiflanadi.


Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, mehnat huquqiy munosabati ob'ekti mehnat shartnomasiga asoslangan mehnat jarayonida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi o'zaro aloqalar (shu munosabat bilan ularda bir-birlariga nisbatan paydo bo'ladigan huquqlar va majburiyatlar) sanaladi.
Mehnat huquqiy munosabatlar har qanday boshqa ijtimoiy-huquqiy munosabatlar singari turli yuridik faktlardan (shartnomalar tuzilishi, ma'muriy aktlar qabul qilinishi, yuridik ahamiyat kasb etadigan harakatlar) sodir etilishidan vujudga keladi.
Mehnat huquqiy munosabatlar yuzaga kelishida mehnat shartnomasi tuzilishi orqali o'z erki va irodasini ifoda etilishi muhim o'rin tutadi.
Muayyan hollarda ma'muriy aktlar, qonun hujjatlari qabul qilinishi, saylov yoki tanlov o'tkazilishi tufayli ham mehnat munosabatlari yuzaga kelishi mumkin.
Mehnat shartnomasi tuzish tartiblari qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 6 avgustda ro'yxatga olingan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to'g'risida Nizom”ning 1-bandiga ko'ra barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta'lim muassasalari bakalavr va magistrlari majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta'lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o'rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi.
Ish beruvchilar oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilari bilan belgilangan tartibda ishga yuborilganlik to'g'risidagi yo'llanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishlari lozim. Ya'ni mazkur holda mehnat munosabatlarining yuzaga kelishi ma'muriy akt-taqsimot komissiyasi qarori asosida berilgan yo'llanma hisoblanadi.
Muqobil xizmatga yuborilgan shaxslar bilan ham harbiy organlar yo'llanmasi (ma'muriy akti) asosida mehnat shartnomasi tuziladi. Sodir etgan jinoyati uchun hukm etilgan va ish joyidan boshqa erda axloq tuzatish jazosini o'tash belgilangan mahkumlar korxonalarga qonuniy kuchga kirgan sud hukmini ijro qilish uchun belgilangan tartibda ishga yuboriladilar va bu haqidagi ma'muriy akt asosida ish beruvchi bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzadi.
Saylab qo'yiladigan lavozimlarga va tanlov asosida egallanadigan lavozimlarga ishga qabul qilish (mehnat shartnomasi tuzish) uchun saylov yoki tanlov natijalarini aks ettiruvchi hujjatlar asos bo'lib xizmat qiladi.
Ayrim hollarda hodisalardan ham mehnat huquqiy munosabat yuz berishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaning yuz berishi tufayli xodim sog'lig'iga zarar etkazilgan hollarda ish beruvchi va xodim o'rtasida zarar etkazishdan kelib chiquvchi mehnat huquqiy munosabatlar paydo bo'lishi mumkin. Xodimning g'ayriqonu¬nuniy xatti-harakati tufayli korxona mulkiga ziyon etkazilganida xodimda zararni ish beruvchiga qoplab berish majburiyatida ifoda¬lanuvchi huquqiy munosabat sodir bo'lishi mumkin va hokazo.
Mehnat huquqiy munosabat sub'ekti bo'lib xodim, ish beruvchi va ularning vakillik organlari ishtirok etadilar. Ularning har biri o'ziga xos huquqiy mavqeni egallaydi.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling