Mavzu: mehnatga oid munosabatlar reja: Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari


Mehnat sohasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid munosabatlar


Download 73 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi73 Kb.
#1590703
1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR

Mehnat sohasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid munosabatlar.

Mehnat huquqiy munosabatlar bevosita (ya'ni xodim bilan ish beruvchi o'rtasida mehnat vazifalarini bajarilishi bilan bog'liq ravishdagi) hamda bilvosita (ya'ni bevosita mehnat munosabatlari mavjudligi bilan belgilanuvchi va asosiy mehnat munosabatlari yo'q bo'lsa yuzaga kelmaydigan) mehnat munosabatlariga bo'linadi.


Mehnat shartnomasi tuzish, uni o'zgartirish, bekor qilish, ish vaqti va dam olish vaqti belgilanishi, mehnatga haq to'lash, mehnat intizomini ta'minlash kabi sohalardagi mehnat huquqiy munosabatlar bevosita mehnat huquqiy munosabatlardan bo'lib, xodim tomonidan bevosita mehnat huquqlaridan foydalanish va bu sohadagi majburiyatlarni bajarilishiga qaratiladi.
Bilvosita mehnat huquqiy munosabatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


1. Mehnat sohasidagi tashkiliy-boshqaruvga oid munosabatlar. Bu sohadagi munosabatlar asosan ish beruvchi hamda mehnat jamoasi (xodimlar vakillik organi) o'rtasida yuz beradi va mehnat shartlarini belgilash yoki o'zgartirish, xodimlarning moddiy-turmush, madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, korxona moliyaviy jamg'armalaridan foydalanish, mehnatga haq to'lashni me'yorlashtirish kabi masalalar bilan bog'liq bo'ladi.
Tashkiliy-boshqaruv munosabatlari ikkilamchi o'rinda turgani holda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish xodimlarning yakka va jamoaviy manfaatlarini ta'minlash maqsadlariga xizmat qiladi.
Masalan, korxonalarda jamoa shartnomalari qabul qilish, uning bajarilishini ta'minlash bilan bog'liq munosabatlar tashkiliy mehnat munosabatlarining yaqqol namunasi sanaladi.


2. Ishga joylashtirish bilan bog'liq munosabatlar. Bu munosabatlar fuqarolar o'zlarining mehnat qilishga bo'lgan konstitusiyaviy huquqlari amalga oshirilishida ko'mak so'rab vakolatli davlat organlariga murojaat qilganlarida yuzaga keladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 37-moddasida fuqarolar ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaliklari belgilangan va bu huquq Mehnat kodeksida, O'zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi Qonuni va ular asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vositalar bilan real taminlanadi. Mehnat kodeksining 59-moddasiga ko'ra aholining ishga joylashishiga ko'maklashish O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishga joylashtirishga oid mehnat munosabatlari aholi ishga joylashishiga ko'maklashish organlari (tuman (shahar) bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari) tomonidan berilgan yo'llanma (ma'muriy akt) asosida ish beruvchi va ishga yuborilgan shaxs o'rtasida yuz beradi. Bandlikka ko'maklashish organlari bilan ularga murojaat qilgan fuqaro va ishga joylashtirish organlari bilan ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlar ma'muriy-boshqaruv munosabatlari bo'lib, ular ma'muriy huquq fanining predmeti sanaladi. Yo'llanma asosida ish beruvchi va fuqaro (keyinchalik xodim) o'rtasida mehnat shartnomasi tuzilishi asosidagi munosabatlar mehnat huquqiy munosabatlardan iborat bo'ladi.



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling