Mundarija Kirish Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi


Download 71.01 Kb.
bet1/13
Sana04.04.2023
Hajmi71.01 Kb.
#1325753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi mehnat bozorining shakllanishi va ishsi




Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………2
1.Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi……4
2.Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish……………………………………………………………………..9
3. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari……………………………….20
Xulosa …………………………………………………………………………….22
Foydanilgan adabiyotlar………………………………………………………..24


Kirish
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o'tgan davr mobaynida milliy xo'jaligimiz iqtisodiy jihatdan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi, iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib rivojlantirildi.Bundan ko'rinib turibdiki kurs ishi sifatida bu mavzuning tanlanishi bejiz emas. Chunki o'zgarib borayotgan geografiy-siyosiy strukturaning barcha mintaqalarda iqtisodiy ko'rsatkichlardan biri bo'lgan iste'molning ahamiyati juda katta desak mubolag'aga yo'l qo'ymagan bo'lamiz. Umuman olganda iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birligi sifatida uy xo'jaliklari kiritiladi. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Demak iste'mol va unga ta'sir etuvchi omillar mavzusini yoritishda uy xo'jaliklarining daromad, xarajat va joriy yildagi iste'mol ko'rsatkichlarining bazis yildagi iste'mol ko'rsatkichlari bilan o'zaro taqqoslanishi orqali ko'rsatilib beriladi.
Mehnat bozori — ish kuchi oldi sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.
Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi.
Mehnat bozor; iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori moliya bozori; valyuta bozori; mehnat bozori; intellektual tovarlar bozori; shou-biznes bozor; mahalliy bozor; regional bozor; jahon bozori; tartibsiz (stixiyali) bozor; tartibli bozor; boshqariladigan bozor; erkin bozor; monopollashgan bozor; monopol raqobatli bozor; sof monopoliya bozori; ochiq bozor; yopiq (ichki) bozor; ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning oshishi yoki kamayishi;


Download 71.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling