Mundarija Kirish Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi


Download 71.01 Kb.
bet4/13
Sana04.04.2023
Hajmi71.01 Kb.
#1325753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi mehnat bozorining shakllanishi va ishsi

Ayirboshlash miqyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi:1.Mahalliy bozor (bu muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozorlar hisoblanib, ulardagi tovarlar ko’lami va xilma-xilligi, eng avvalo, mahalliy qishloq xo’jaligi va sanoatning rivoji, hamda yo’nalishi Bilan belgilanadi. SHuning uchun bu bozrolardagi tovarlar asosan, oziq-ovqat, keng istemol, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy, qurilish buyumlaridan iborat bo’ladi). 2.Regional bozor (regional bozor deganda bir mamlakat doirasidagi regional o’rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o’rtasida tashkil etilgan bozor tushuniladi. Bu bozorning mahalliy bozorga nisbatan imkoniyatlari ko’p bo’lib, mol turlari ancha keng va mehnat taqsimoti chuqurligi sababli tovar almashinish ko’lami ham kengdir, chunki bu yerda bir necha regionlar qatnashadi). 3.Jahon bozori (bu bozor regional bozordan farq qilgan holda, ishlab chiqarishning mamalkatlararo ixtisoslashuviga va uning shunga ko’ra bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi. Bu bozorda turli mamlakatlar ishlab chiqaradigan tovarlarning hammasi emas, balki mamlakatlararo ayirboshlashi zarur bo’lgan turlarigina sotiladi. Binobarin, jahon bozorining tovar assortimenti cheklangan bo’ladi. Ular, asosan, asbob-uskuna, neft, ko’mir, metall, paxta, don,choy, kofe, jun, yog’och kabi tovarlar kiradi. Regional va mahalliy bozorlardagi ko’pgina tovarlar jahon bozorida bo’lmaydi).
Amal qilish xususiyatiga qarab bozor uch xil bo’ladi: 1.Tartibsiz (stixiyali) bozor (unda bozor aloqalari stixiyali tarzda o’rnatiladi. Bozor narxining qanday bo’lishini hech kim kuzata olmaydi, stixiyali kuchlar bamisoli tabiat kuchlari kabi obektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan hukmronlik qiladi. Tartibsiz bozorda o’rnatilgan qoidalar amal qilmaydi. Hozirgi dehqon bozori, mol bozori va chayqov bozori tartibsiz bozora misol bo’la oladi). 2.Tartibli bozor (bu shunday bozorki, unga xos bo’lgan qonunlarga ko’r-ko’rona amal qilinavermaydi. Bozor va uning segmentlari (kichik qismlari) oldindan tahlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog’lanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bunday bozor hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjuddir). 3.Boshqariladigan bozor (unda iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari beradigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida hal qilinadi. Nimani, qancha, qay tariqa ishlab chiqarishni kimga va qanday narxlarda sotishni davlat organlari o’zlari tuzgan rejaga tayanib belgilaydilar).

Download 71.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling