Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet221/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Ikki palatali tizim Frantsiya, AQSH, Kanada, Meksika, Italiya, Ispaniya, Avstriya va boshqa davlatlarda amalda hisoblanadi.
Odatda davlat rahbari qonun chiqaruvchi hokimiyatning ishtirokchici hicoblanadi. Davlat rahbari parlament tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni imzolaydi yoki veto huquqidan foydalanishi mumkin. Parlamentlar a’zolari turli davlatlarda (quyi palata Polьshada 460, Italiyada 630, Yaponiyada 500ta deputatdan iborat) turlichadir. Bularning barchaci davlat aholici va ularning jo’g’rofiy joylashuviga bog’liqdir. Parlamentlarning quyi palataci va bir palatali parlament a’zolari odatda to’rt va besh yilga to’g’ridan to’g’ri yoki ko’p mandatli caylov acocida shakllantiriladi. Ba’zi davlatlarda ma’lum bir diniy ulamolar,millatlar va ayollar uchun alohida joy ajratiladi.SHuningdek Prezident ma’lum bir xizmatlari uchun fuqarolarni deputat etib tayinlashi mumkin.
6. Xorijiy mamlakatlarda hukumat tushunchasi va nomlanishi.
Hukumat- davlat va huquq nazariyasida, konstitutsiyaviy huquq fanlari nuqtai nazaridan hukumat davlat boshqaruvi tashkil etilishining o’ziga xos sharti( davlat mehanizimi ) sifatida ko’rib chiqiladi va davlat ijro hokimiyatining kollegial organi deb e’tirof etiladi. Hukumat har bir davlatda turli hil nomoanishi mumkin masolan: Ministrlar Kengashi (Frantsiya, Italiya, Polьsha ), Ministrlar Kabineti (Buyuk Britaniya), Davlat Kengashi ( Xitoy), kabilar. O’zbekistonda hukumat Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi. Hukumatni tashkil etish partiyasiz, bir partiyali yoki kaolitsion asosida bo’lishi mumkin. Hukumatni tashkil etish davlatning boshqaruv shakli bilan bog’liqdir. Parlament davlatlarida hukumat davlat boshlig’ining topshirig’iga asosan, yetakchi partiya tamonidan tuziladi (kaolitsion hukumat tuzishda ko’pchilik o’ringa ega partiyalardan biri tamonidan), Prezidentlik Respublikasida (agar Konstitutsiyada belgilangan bo’lsa), Hukumat Prezident tamonidan tashkil etiladi va har bir nomzod parlament tasdig’idan o’tishi kerak.
Tor ma’noda hukumat- bu mamlakatda ijroiya va tasarruf (ya’ni ma’muriy) faoliyatni amalga oshiruvchi kollegial organ.
Uning tarkibiga vazirliklar va markaziy boshqarmalar rahbardari kiradilar. Turli mamlakatlardagi hukumatlar turlicha konstitutsion nomga ega:
Hukumat - CHexiya, Kolumbiya;
Kabinet - Yaponiya;
Vazirlar kengashi - Hindiston;
Vazirlar kengashi (Hukumat) - Frantsiya, Kuba;
Davlat kengashi - Xitoy;
Federal hukumat - Germaniya;
Federal kengash - SHveytsariya;
Ma’muriy kengash- KXDR va h.k.z..
Atamalardagi farqlar hukumat mohiyatida o’zgarish keltirib chiqarmaydi. U amalda deyarli har qanday boshqaruv uslubida vujudga keltiriladi. Biroq, hukumatning konstitutsion statusi va o’rni u yoki bu mamlakatdagi o’ziga xosliklarga bog’liq va har xil bo’lishi mumkin.
Hukumat ichida umumiy siyosiy xarakterga ega torroq organlar tuzilishi mumkin: Kabinet - Buyukbritaniyada, Doimiy byuro - Xitoyda, Prezidium - Italiyada va v.k.z., shu bilan birga turli xildagi boshqarmalararo strukturalar – qo’mitalar- Buyukbritaniyada, vakillangan komissiyalar- Ispaniyada va boshq. Frantsiyada hukumat majlislari Prezident raisligida o’tganda Vazirlar kengashi va prem’er-ministr boshchiligida o’tganda esa Kabinet kengashi deb ataladi; ikkinchi holatda asosiy hukumat hujjatlari qabul qilinishi mumkin emas va faqatgina muhokama etiladi.
O’z siyosiy tarkibiga ko’ra hukumatlar quyidagicha bo’ladi:
birpartiyaviy;
koalitsion;
partiyasiz.
Birpartiyaviy hukumat (parlamentar yoki aralash boshqaruv shaklida) – siyosiy partiyalardan biri saylovlar natijasida parlamentda yoki uning pastki palatasida (Buyukbritaniyada) mutloq ko’pchilik ovoz olganda tuzilishi mumkin.
Koalitsion (ko’ppartiyaviy) hukumat (parlamentar yoki aralash boshqaruv shaklida) – partiyalardan hech biri saylovlar natijasida parlamentda bir partiyaviy hukumat tuzish uchun yetarli ovoz yig’a olmaganda tuziladi. Koalitsion hukumat – bu partiyalar o’rtasida umumiy hukumat dasturi haqidagi kelishuvdir. Koalitsiya tuzgan hukumat partiyalari, parlament ko’pchiligiga tayanishi kerak, uning tarkibiga esa koalitsiyaga kirmagan biroq, uni quvvatlovchi partiyalar yoki mustaqil deputatlar kirishi mumkin (Germaniya, Italiya).
Inqiroz holatlarida (mas. Urush holatida) hukumat tarkibida bir necha partiyalar birlashishi milliy birlik hukumati tuzilishi mumkin, bu o’z navbatida jamiyatning butun kuchlari umumiy xavfni bartaraf etish uchun birlashuvini bildiradi.
Nohukumat partiyalarning tanlov quvvatlashiga tayanuvchi ozchilik hukumati tuzilishi ham mumkin. U birpartiyaviy yoki koalitsion bo’lishi mumkin, biroq har qanday holatda ham hukumatni tuzgan partiyalar parlamentda ko’pchilikka ega bo’lmaydilar. Bunday hukumat uchun radikal qarorlar qabul etish qiyin va u ko’pincha oraliq masalalarni yechish bilan cheklanadi. (Skandinaviya mamlakatlari).
Partiyasiz hukumat – agarda, partiyalar parlamentda koalitsiya tuzish haqida kelisha olmasalar va parlament (quyi palata) ni tarqatib yuborish maqsadga muvofiq bo’lmaganda tuziladi. Bunday hukumat odatda, xizmat , ish yoki amaldorlar hukumati deb ataladi. Bunday hukumat u yoki bu partiyaga mansub mutaxassislarni o’z ichiga olishi mumkin, biroq ularning partiyaga mansubligi bu yerda ahamiyatga ega emas. Bunday hukumatning davomiyligi ko’p hollarda katta emas, u partiyaviy asosda hukumat tuzilgunicha oraliq ishlarni amalga oshiradi. Xizmat hukumati mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun ham tuzilishi mumkin, raqib partiyalar unga vaqtincha chidashga majbur bo’ladilar.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling