Konstitutsiyalotincha “constitution” so’zidan olingan bo’lib, “o’rnataman” degan ma’noni beradi.
“Saylov” o’z mazmuniga ko’ra biron-bir organni (davlat, jamoatchilik, halqaro va hokazolar) ovoz berish yo’li bilan shakllantirish demakdir.
Jahon konstitutsiyaviy huquqida absentizm deb ataladigan ibora mavjud bo’lib, ushbu holat saylovlarda ovoz berishda va referendumda ixtiyoriy qatnashmaslikni bildiradi.
Majoritar saylov tizimi frantsuzcha “majorite” (ko’pchilik ) degan so’zdan olingan bo’lib, bunda saylovda ovozlarning ko’pchiligini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadi.
Proportsional saylov tizimi saylovlarda keng omma vakillarini ishtirokini ta’minlash maqsadida kiritilgan saylov tizimi bo’lib, Yevropa, Lotin Amerikasi davlatlarining ko’pchiligida, Afrika davlatlarining uchdan bir qismida uchraydi.
Aralash saylov tizimi. Aralash saylov tizimlari majoritar va proportsional saylov tizimlarini birlashtirish tamoyiliga asoslangan saylov tizimidir.
Parlament so’zining lug’aviy ma’nosi frantsuz tilidan olingan bo’lib, "gapirmoq" ma’nosini anglatadi.
Referendum (lot. referendum – nima kerak bo’lsa, qilish ma’nosida ) bevosita demokratiyaning muhim instituti bo’lib, davlat va jamiyat ahamiyatiga bog’liq bo’lgan masalalarni ovoz berish yo’li bilan amalga oshirishni o’zida aks ettiradi.
Saylovlarda elektorat (lot-elector-saylovchi) muhim rol o’ynaydi. Bu tushuncha ikki xil ma’noda qo’llanadi:
Constitutsio — lotincha so’zdir. U aynan — «tuzish», «tuzuk», «nizom», «tuzilish», «yaratish» degan ma’nolarni anglatadi.
Apatrid - fuqaroligi bo’lmagan shaxs
Yuridik Konstitutsiya (formal) - davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega. Bunga Rossiya, Frantsiya, Bolgariya, Vengriya konstitutsiyalar misol bo’ladi.
Faktik Konstitutsiya (moddiy)-amaldagi real ijtimoiy muno-sabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |