3. Saylovlarda ihtiyoriy ishtrok etish.
Saylovlarda ihtiyoriy ishtrok etish fuqaroning faol yoki faol bo’lmagan saylov huquqidan foydalanishi yoki foydalanmasligi, davlat yoki boshqa siyosiy kuchlarning noqonuniy aralashuvisiz fuqarolarning o’z xohishiga ko’ra ovoz berishlarini anglatadi
4. Absentizm.
Absentizm – fuqarolarning vakillik organiga yoki mansabdor shaxslarning saylanishida (referendumda) ishrok etmasliklari. Ya’ni ovoz berish uchun saylov uchastkalariga kelmaslik. Bunday holatlar ihtiyoriy saylovda ko’p uchrab turadi. Absentizmga qarshi kurashish uchun salbiy (ba’zi davlatlarda saylovlarga kelmagan fuqarolarga nisbatan jarima belgilanadi) va ijobiy (saylovda qatnashganlarga davlat byudjetidan ma’lum bir summa to’lash yoki saylov kunini dam olish kuni deb e’lon qilinishi) metodlaridan foydalaniladi. Xullas, absentizm saylovchilar sonining kamayishiga va yetarli ovoz to’planmaslikka olib kelishi mumkin.
5. Saylovlarda teng huquqlilik.
Saylovlarda teng huquqlilik – bu tamoyili har bir fuqaroga boshqa fuqaro bilan saylov kechishiga teng ta’sir etish imkoniyatini yaratib beradi.
Saylov huquqining formal tengligi har bir saylovda qatnashayotgan fuqaro yoshi , jinsi, irqi, millati, mulki, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar teng ovozga ega ekanligini anglatadi. Bu tamoyil fuqarolarning yoshi , jinsi, irqi, millati, mulki, jamiyatdagi ijtimoiy mavqei va g’oyaviy qarashlari sababli saylov huquqini cheklash yoki undan mahrum qilishni ta’qiqlaydi.
6. To’g’ri va bilvosita saylov.
To’g’ri saylovda ma’lum bir organ a’zolariri bevosita fuqarolar tomonidan saylanadi. Masalan, Rassiyada mahalliy hokimyat organlari deputatlari va Prezident, AQSHda esa senat va vakillik palatasi a’zolari, Frantsiyada Prezident va parlament a’zolari bevosita fuqarolar tomonidan saylanadilar.
Bilvosita saylovlarning ikki xil turi mavjud: bilvosita va ko’p bosqichli. Bilvosita saylovda nomzodalr maxsus saylovchilar – ushbu vazifani bajarish uchun maxsus fuqarolar tomonidan saylangan shaxslar, tomonidan saylanadilar. Masalan, AQSHda fuqarolar maxsus saylovchilarni saylaydilar, ular o’z navbatida Prezidentni saylaydilar. Saylov tugashi bilan ular o’z vazifalaridan ozod qilinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |