Saylovlar o’tkazilish masshtabiga ko’ra umumiy saylovlarga va qisman saylovlarga bo’linadi. Umumiy saylovlarda mamlakatdagi barcha saylovga layoqatli fuqarolar ishtirok etadi. Qisman saylovlarda esa saylovchilarning bir qismi qatnshadi. Mamlakatda o’tkaztladigan prezidentlik yoki parlament saylovlari umumiy saylovlar sirasiga kiradi. Parlament tarkibidan bir yoki bir necha deputatlar ba’zi sabablarga binoan muddatidan ilgari chiqib ketgan yoki chiqarib yuborilgan taqdirda saylov o’tkazilsa qisman saylov deb ataladi.
SHuningdek, saylovlarning milliy va maxalliy saylov turlari ham mavjud. Milliy saylovlarda mamlakatning saylovga layoqatli barcha fuqarolari ishtirok etadi va shu saylovlar orqali davlatning markaziy hokimiyat organlariga qo’yilgan nomzodlar saylanadi, masalan, prezidentlik yoki parlament saylovlari. Maxalliy saylovlar esa butun mamlakatda emas, balki maьlum bir hududda olib boriladi. Bu saylovlarda mahalliy hokimiyat organlari nomzodlariga ovoz beriladi. Masalan, ko’plab mamlakatlarda maxalliy saylovlar orqali maьlum bir viloyat, shaxar yoki tuman gubernatori (hokimi) yoki maxalliy deputatlar kengashi saylanadi.
Dunyo tajribasida navbatdagi va navbatdan tashqari saylovlar ham ko’plab uchrab turadi. Bu saylovlarning o’ziga xosligi ularning o’z navbatida yoki navbatdan tashqari o’tkazilishidadir. Aslida ko’p mamlakatlarda navbatdagi saylovlar qonun bilan belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. Navbatdan tashqari saylovlar esa favqulodda holatlarda, ya’ni o’tkazilgan saylovlar o’tkazilmagan yoki xaqiqiy emas deb topilgan taqdirda o’tkaziladi. Saylovlarning xaqiqiy emas deb topilishi turli omillarga bog’liq. Masalan, saylovlarda saylov byulletenlari qalbakilashtirilgan yoxud almashtirib qo’yilgan bo’lsa yoki bo’lmasa saylovlarda saylash xuquqiga ega fuqarolarning ellik foizidan kami ishtirok etgan bo’lsa saylovlar xaqiqiy emas deb topiladi va shu asnoda navbatdan tashqari saylovlar o’tkaziladi.
Saylov huquqi haqida gapirganda uni ikki sohagaajratish lozim. Birinchisi bu ob’ektiv saylov huquqi. Ob’ektiv saylov huquqi bu saylov tashkil etish va o’tkazish hamda saylov kompaniyasinig printsiplari, bosqichlari, tartibi va kafolatlarini belgilaydigan huquqiy normalar yig’indisi.Ikkinchisi, ya’ni sub’ektiv saylov huquqi bu davlat va uning konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan ma’lum bir shaxsning saylovlarda ishtirok etish huquqi.
Saylovlarga boshqacha yondashganda saylovlar aktiv va passiv saylovlarga bo’linadi. Bunday ajratish kishilarning saylashi yoki saylanishiga qarab amalga oshiriladi. Aktiv saylov huquqi bu fuqarolarning davlat organlariga saylovlarda (parlament, davlat boshlig’i, gubernator va b.) mahalliy o’zizni-o’zi boshqarish organlari yoki saylanadigan organlarning a’zosi yoki rahbarlari chaqirilganda u yoki bu nomzodga , nomzodlarning barchasini yoki bir qismini saylash huquqi, ya’ni ovoz berish huquqi.
Passiv saylov huquqi esa bu fuqaroning davlat hokimiyat organi yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organiga saylanish huquqidir. Mamlakatda fuqarolarning ko’pchiligi ham aktiv , ham passiv saylov huquqiga esa bo’ladilar. Lekin bu har doim ham shunday bo’lavermaydi, zero aktiv saylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning hammasi ham passiv saylov huquqiga ega bo’lavermaydilar. Buning sababi shundaki, fuqarolar aktiv saylov huquqini passiv saylov huquqiga nisbatan ancha ilgari qo’lga kiritadilar, ba’zida oradagi farq 10-15 yilni tashkil etadi. Masalan, AQSH, Portuhaliya, Ruminiya va boshqa mamlkatlarda prezident bo’lib saylanish uchun nomzod 35 yoshga to’lgan bo’lishi shart. Italiyada esa 50 yosh qilib belgilangan.Latviyada saylash huquqiga saylovlarning birinchi kunida 18 yoshga to’lgan to’laqonli Latviya fuqarolari ega. Latviya Saemiga esa saylovlarning birinchi kunida yigirma bir yoshga to’lgan to’laqonli Latviya fuqarosi saylanishi mumkin. Latviyaning prezidenti bo’lish uchun shaxs 40 yoshga to’lgan to’laqonli fuqaro bo’lishi shart. Bunday ish tsensizing o’rnatilishi davlat boshqaruviga juda katta hayotiy tajribaga ega kishgilar kelishini ta’minlaydi. Zero, yoshi ulug’ va katta hayot tajribasiga ega kishilar o’ta murakkab va o’zini oqlaydigan qarorlarni qabul qilishlarida hayot tajribasi qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |