Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitutsiyaning tuzilishi
2. Konstitutsiya turlari
So’nggi ikki yuz yillan ortiq konstitutsiyaviy taraqqiyot mobaynida turli mamlakatlarda nihoyatda ko’p konstitutsiyalar qabul qilindi. Ularning ichki kompozitsiyasi (tuzilishi), tartibga soladigan masalalari. tashqi belgilarida o’xshashliklar mavjud bo’lsada, barcha konstitutsiyalarni mazmuni, mohiyati, ijtimoiy vazifalariga ko’ra tasniflash ma’lum turlarga ajratish mumkin. Konstitutsiyalarni ularning umumiy xususiyatlari asosida tasniflash, turli toifalarga ajratish ko’p sonli konstitutsiyalar ichida mo’ljal olishni osonlashtiradi, ular orasidagi qonuniyatli aloqalarni aniqlashga, huquqiy tizimdagi ahamiyati va o’rnini belgilashga imkon beradi. Eng muhimi, dunyodagi konstitutsiyalarning ijtimoiy yo’nalishini, mazmuni va mohiyatini anglashga ko’maklashadi. Tasniflash dunyoviy konstitutsiyaviy qonunchilikning umumiy manzarasini ko’z oldimizga keltirish imkonini yaratadi. To’g’ri, tasniflashning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yubormaslik lozim. Konstitutsiyalarni tasniflash aslida shartli bo’lib, u har bir konstitutsiyaning qabul qilinish shart-sharoitini, unda ifodalanadigan siyosiy kuchlar nisbatini, mamlakatning tarixiy va milliy an’analarini to’la to’kis qamrab ololmaydi. Biroq tasniflash yordamida konstitutsiyalarning umumiy, mohiyatiga oid belgi va xususiyatlarini, tabiatini anglash mumkin. Keng ma’noda olganda, tasniflash bizning konstitutsiyalar haqidagi bilimlarimizni aniqroq shakllantiradi va tizimlashtiradi. Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo’lish mumkin. Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin: Yuridik Konstitutsiya (formal)-davlatning Asosiy Qonuni. Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy)-amaldagi real ijtimoiy munosabatlar. Tirik Konstitutsiya-AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o’zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda. Fiktiv (soxta) Konstitutsiya- sobiq SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi. Moddiy Konstitutsiya-konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir. Formal Konstitutsiya- Asosiy Qonun bo’lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega. Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko’ra quyidagi turlaga bo’lish mumkin: Yozma konstitutsiyalar. Og’zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar-Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari. Yaxlit konstitutsiyalar-Konstitutsiya matni yaxlit bo’lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O’zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo’la oladi. Yaxlit bo’lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo’ladi. Masalan, SHvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari. Yumshoq konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o’zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o’zgartiriladi. Qattiq konstitutsiyalar- alohida murakkab tartibda o’zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O’zbekiston konstitutsiyalari. Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir. Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo’lgan konstitutsiyalar. Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo’lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar sub’ektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo’lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega. Farb mamlakatlari Konstitutsiyalari. Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari. O’tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari. Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo’lish mumkin: Demokratik Konstitutsiyalar. Avtoritar Konstitutsiyalar. Totalitar Konstitutsiyalar. Adabiyotlarda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi. Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda belgilangan tartibda qabul qilinadigan yozma konstitutsiyalar amal qiladi. Hozirgi davrda konstitutsiyalarning yozma shaklda qabul qilinishi o’rinli degan fikr qaror topdi. SHu bilan birga, yozma konstitutsiyaga ega bo’lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya). Ba’zi mamlakatlarda konstitutsiya deganda bir necha huquqiy aktlar, hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi. Konstitutsiyalar qabul qilinish tartibiga ko’ra, turli ko’rinishlarga ega bo’ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, ya’ni podsho (monarx) tomonidan xalqqa in’om etilgan konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlarining konstitutsiyalari kiradi. O’z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o’z koloniyalariga shunday konstitutsiyalar in’om etgan. 3.Konstitutsiyaning tuzilishi Asosiy qonunning ichki tuzilishiesa konstitutsiyaning ichki tarkibiy qismlari: bo’limlari, boblar, moddalar (elementlar) o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aks ettiradi. Konstitutsiyaning oqilona ichki tuzilishi ijtimoiy munosabatlarni to’la-to’kis, zidiiyatlarsiz normativ tartibga solishga imkon beradi. Konstitutsiyaning u yoki bu tarkibiy qismi (bo’lim, bob, modda, modda qismi)ning ma’nosi va ahamiyati uning faqat so’zdagi ifodasi emas, balki konstshutsiya tuzilishida egallab turgan muayyan o’rniga ham bog’liq. Konstitutsiyaning tuzilishiga izchillik va taraqqiyot, barqarorlik va o’zgaruvchanlik singari bir-biriga zid xususiyatlar xosdir. Zamonaviy ikkinchi guruh konstitutsiyalari odatda eski birinchi guruh konstitutsiyalariga nisbatan birmuncha kengroq, mukammal ichki tuzilishi va hajmining katgaligi bilan ajralib turadi. Agar AQSHning 1787 yilgi Konstitutsiyasi — yettita modda va 27 ta amaddaga tuzatishlardan iborat bo’lsa, Italiyaning 1947 yilgi Konstitutsiyasi — 139 ta moddadan, Olmoniyaning 1949 yilgi Asosiy qonuni — 146 ta, Frantsiya 1958 yilgi Konstitutsiyasi — 92 ta, Ispaniyaning 1978 yilgi Konstitutsiyasi — 169 ta moddadan iborat. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi federativ davlatlarning konstitutsiyalari ayniqsa katta hajmga ega. Masalan, Hindistonning 1950 yilgi Konstitutsiyasiya — 400 dan ortiqroq modda va 10 ta ilovadan iborat. Nigeriyaning 1969 yilgi Konstitutsiyasida — 331 ta modda va 7 ta ilova bor. Qator mamlakatlarning (asosan, ingliz zabon) konstitutsiyalari ko’p hollarda o’z tabiatiga ko’ra joriy qonunchilik tomonidan tartibga solinishi kerak bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni ham batafsil tartibga soladi. Hozirgi kunda konstitutsiya tartibga soladigan masalalar ko’lamini kengaytirishga bo’lgan intilishni yaqqol kuzatish mumkin. Zamonaviy konstitutsiyalarning ko’pchiligi qisqacha muqadtsima bilan boshlanadi. U huquqiy va siyosiy jihatdan o’ta muhim bo’lgan qoidalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi mumkin. Bundan faqat muqaddimasi bo’lmagan Italiyaning 1947 yilgi Konstitutsiyasi mustasno, xolos. Konstitutsiyalardagi moddalar, odatda, sarlavha qo’yilgan bo’limlarga birlashadi. Masalan, kichik hajmga ega bo’lgan Frantsiya Konstitutsiyasvda 15 ta bo’lim bor. Moddalari ancha ko’p, hajmi ham ikki baravar katta bo’lgan Ispaniya Konstitutsiyasida esa atigi 10 ta bo’lim bor. Agar Frantsiya Konstitutsiyasi uchun bo’lim — birgina (moddalardan tashqari) bo’linma bo’lsa, Ispaniya Konstitutsiyasi uchun bo’lim asosiydir: chunki bo’limlar yana boblarga bo’linadi. Bu hol 1992 yilgi Ukraina Konstitutsiyasi uchun ham xosdir. Italiya Konstitutsiyasining asosiy elementi bob bo’lib, uning ichki bo’limi, ya’ni elementi bo’lishi shart emas. Italiya Konstitutsiyasining bobi ikki qismga birlashgan (kirish qismi boblarga bo’linmaydi). AQSH Konstitutsiyasi ham bo’limlardan iborat, ammo bu hujjatda ular moddalarning qismlari bo’lib hisoblanadi. U jami 7 ta modda, 21 ta bo’limdan iborat. Qator konstitutsiyalarning moddalari o’z nomiga ega bo’lsada (Portugaliya, Angolada), lekin ko’pincha (Pokiston, Turkiya, SHvetsiya kabi davlatlarda) ularning nomlari bo’lmaydi. Zamonaviy konstitutsiyalar yakuniy bandlarining mazmuni, konstitutsiyaviy kafolatlar (Italiya), konstitutsiyani qayta ko’rib chiqish (Frantsiya), tasdiqlash, tartibi, ratifikatsiya qilish (AQSH) va shunga o’xshash qoidalardan iborat. Bu konstitutsiyaning barqarorligini ta’minlaydi, uni qabul qilish va o’zgartirish tartibini belgilaydi. Rarb mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan ko’pgina konstitutsiyalar odatda, uzoq muddatga mo’ljallanmagan. Biroq ular Asosiy qonun qabul qilinayotgan vaqgda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik bo’lgan o’tkinchi tabiatga ega qoidalar majmui bilan yakunlanadi. Bu xiddagi norma, birinchi navbatda, davlat tuzilmasining yangi konstitutsiyaviy sharoitlarda uzluksiz faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga qaratilgan. Germaniya va Frantsiya konstitutsiyalarida bu qoidalar asosiy matnga kirgan (Frantsiya Konstitutsiyasidagi uchta so’nggi modda va Germaniya Konstitutsiyasidagi 30 ta modda). Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling