4-masala.
Fuqaro R. Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani prokuraturasida prokuror yordamchisi lavozimida ish olib borar edi. 2013 yilning dekabr oyida shu tumanda joylashgan “Namuna” M.F.Y. tomonidan R.ning ish yurituviga xat kelib tushdi va mazkur xat mazmuni bo’yicha R. mazkur M.F.Y.ga tashrif buyurib, aholiga axborot berishi lozim edi. Mazkur xatga prokuratura xodimi R. javob xati tayyorlab,unda quyidagilarni bayon qildi: O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, prokuratura organlari o’z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo’ysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. SHu sababdan, sizning iltimosingizni rad etildi”. M.F.Y. raisi ushbu xatni olganidan so’ng yuqori turuvchi prokurorga xodim R.ning ustidan shikoyat yozdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. M.F.Y. raisining harakatlari to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini izohlang.
5-masala.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I. Turmush o’rtog’i fuqaro L. tug’ma aqli zaif bo’lib, tuman ruhiy kasalliklar shifoxonasida ham ro’yxatda turar edi. Kunlarning birida ularning uyiga fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudidan fuqarolarni nikohdan ajratish to’g’risida arizaning nushasi kelib tushdi. Ariza tuman prokurorining yordamchisi tomonidan sudga yuborilgan bo’lib, mazkur arizadan fuqaro I. ham behabar edi. Ushbu holatdan g’azablangan fuqaro I. Toshkent shahar prokurori nomiga shikoyat yozib, unda tuman prokurori yordamchisining harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko’rishilishini so’radi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Mazkur holat bo’yicha tuman prokurorining harakatlari qonuniymi? SHaxslarning roziligisiz nikohdan ajratish bo’yicha sudga ariza berish mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |