Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


- mavzu: O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati


Download 1.28 Mb.
bet188/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

13- mavzu: O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati
Reja:
1.Sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i.
2. Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi.
3.Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o’rni
4. Sud-huquq islohotlarini prokuratura organlari
maqomiga ta’siri.
5.Prokuratura organlarining vazifa va vakolatlari.
6.O’zbekistonning moliya va pul-kredit tizimi
7.Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi.


1.Sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i.

Sud hokimiyatning alohida tarmog’i sifatida barcha demokratik mamlakatlarda e’tirof etilgan. Sobiq tuzumda sud sotsialistik tuzim himoyachisi sifatida namoyon bo’lib, undan har qanday demokratik chiqish va harakatlarni jazolash vositasi sifatida foydalanilgan.


O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda, sud hokimiyatini mustaqil hokimiyat sifatida o’rnatishga alohida e’tibor berildi. Jahon mamlakatlari tajribasi o’rganildi. Sud hokimiyatini tashkil etish, davlat hokimiyatini tashkil etishning ajralmas qismi deb qaraldi.
“Davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning taqsimlanish printsipi asosida amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning asosiy tayanchidir”59 – degan g’oya Konstitutsiyaning 11-moddasida asosiy printsip sifatida mustahkamlab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumlaridan birida sud hokimiyatini tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi. “Sud hokimiyati – bu sudlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi printsipiga so’zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo’jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi vakolatidir60
Bu ta’rif to’la sud hokimiyati vazifalarini qamrab olmagan bo’lsada, dastlabki urinishlardan bo’lganligi uchun, uni ijobiy baholash mumkin. Albatta, sud hokimiyatiga ta’rif berishda sudni (Konstitutsiyaviy sud) qonunlarni Konstitutsiyaga mos kelishi (Konstitutsiya himoyasini), sudlarni fuqarolar huquqi, sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish asosiy vazifasi ekanligi e’tiborga olinishi kerak.
Sud hokimiyatining shakllanishida 1993 yil 6 mayda qabul qilingan, “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”, 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi qonunlar muhim rol o’ynadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi sudlar tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi farmoniga asosan sudlar ixtisoslashtirildi. Fuqarolik sudlari vujudga keldi. Bu ham sud hokimiyatini mustahkamlash, ularni mustaqilligini ta’minlashdagi katta tadbir bo’ldi.
2000 yil 14 dekabrda “Sudlar to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.Bu qonun 85 ta modda va 5-bo’limdan iborat. 2017 yil 12 aprelda o’zgartirishlar kiritildi.2017 yil 10 arelьda Prezident SH.M.Mirziyoev ning “ O’zbekiston Respublikasi sudьyalar Oliy Kengashini shakllantirish to’g’risida” Farmoni e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashini shakllantirish to’g’risida
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 15-son, 244-modda)
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 14-bandiga va «O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 29 martdagi qarori bilan Usmonov Maruf Azamovich O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashining raisi etib tayinlandi.
2. Quyidagilar:
Aripov Dilshod Urinbaevich O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi raisining o’rinbosari — O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o’rganish tadqiqot markazi direktori (o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi a’zosi) etib;
Davletova Karomatjon Xudayberganovna O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi kotibi (o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi a’zosi) etib;
Abbasov SHuxrat Raxmatovich;
Abdukodirov SHerzod Yokubjonovich;
Abdusattarov Djasuriddin Muxidinovich;
Axmedov Muzaffar Maxmudjanovich;
Bayzakov Tolib Saydullaevich;
Gulomov Raxmatulla Parmonkulovich;
Dusmanov Sandjar Abdujalolovich;
Matmuratov Ixtiyar Jalgasovich;
Normaxmatov Odil Ruziboevich;
Soliev Sarvar Gayratjonovich;
Usmonov Mirvosit Mirxaitovich;
o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi a’zolari — O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi sudьyalari etib;

Samadov Salom Ismatovich



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo’yicha Davlat maslahatchisi o’rinbosari;

Niyazova Djamilya Abdukadirovna



O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati;

Mingboev Ubaydulla Qurbonovich



O’zbekiston Sudьyalari assotsiatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari, O’zbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi;

Okyulov Omanbay



Toshkent davlat yuridik universitetining kafedra mudiri;

Ergashxodjaev Islamdjan Djasurovich



O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari;

Boboxonov Akramxon Aloxonovich



O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o’rinbosari — Tergov bosh boshqarmasi boshlig’i;

Karshiev Xamdam Alikulovich



O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri o’rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori

o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi a’zolari etib tasdiqlansin.
3. O’zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashining raisi moddiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga tenglashtirilsin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2017 yil 10 aprelь,
PF-5006-son

O’zbekiston Respublikasining Qonuni


«Sudlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo’jalik protsessual kodekslariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 15-son, 242-modda)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017 yil 28 martda ma’qullangan

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling