Fuqarolar yig’ini raisini saylash
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilarini 2.5 yilga saylanish va saylash tartibi qonunlar bilan belgilanishi O’zbekiston Konstitutsiyasining 105-moddasida, “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish to’g’risida”gi qonunning 20-moddasida belgilab qo’yilgan.
SHu asosda va shu masalani hal qilish uchun 2004 yil 29 avgustda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”58 qonun qabul qilingan.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilari saylovi demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o’tkaziladi.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilarini saylashda tegishli hududda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqiy hamda milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy hamda ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yig’inining har bir ishtirokchisi bir ovozga ega.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning o’z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko’rsatishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni o’n sakkiz yoshga to’lgan fuqarolar egadirlar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur?
2. O’zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi qanday tashkil qilingan?
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Konstitutsiyaviy vazifalari nimalar?
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday?
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar. Nima uchun ular vakillik organlari deydilar?
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qilinadi?
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday?
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi?
9. Hokimlarni maqomi qanday?
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi.
11.O’zini o’zi boshqaruv nima?
12.Mahalliy boshqaruv nima?
13.O’zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlari qaysi organ?
14.O’zini o’zi boshqaruv organlari vakolatlariga nimalar kiradi?
15.Vakolatlari qanday bajariladi?
16.O’zini o’zi boshqaruv organlari qanday tashkil qilinadi?
17.Fuqarolar yig’ini Kengashi vazifalari nima va qanday tuziladi?
18Fuqarolar yig’in raisi qanday lavozim va uning vakolatlariga
nima kiradi?
19.Rais va uning maslahatchilari qanday saylanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |