Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Hokimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi


Download 1.28 Mb.
bet179/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Hokimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi

Hokimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish Konstitutsiyaviy asosga ega. Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hokimlarni lavozimiga tayinlash va ozod qilish tartibga ham o’zgartirishlar kiritdi.


Avvalgi Konstitutsiya va qonun normalariga asosan:

  • Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanib va tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanar edi. Davlat boshlig’i tomonidan tayinlangan shaxsni, Kengashda tasdiqlanishi qoidasini o’rnatilganligi bahs-munozaralarga sabab bo’lar edi. Bundan tashqari, Prezident tomonidan tayinlangan hokimni, Kengash tasdiqlamasa nima bo’lishi ham qonunda ko’rsatilmagan bo’lib bu qonun bo’shlig’i edi.

Bu holat “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to’g’ri hal qilindi va bo’shliq to’ldirildi. Qonunning 6-moddasidasi, “Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi” deb nomlangan bo’lib, unga asosan: Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
7.Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari.


O’zini o’zi boshqaruv va uning demokratik jamiyatdagi o’rni


O’zini o’zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko’rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O’zini o’zi boshqarish tushunchasi bilan, o’zini o’zi boshqarish organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O’zini o’zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo’lsa, o’zini o’zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi.
O’zini o’zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o’zini o’zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini taьminlovchi muhim vositalardan biridir.
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o’z ifodasini topgan. Unga asosan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o’zini o’zi boshqarish orqali ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o’zini o’zi boshqarish masalasiga faqat fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini faoliyatini belgilash bilan yondashgan.
Aslida o’zini o’zi boshqarish ancha keng tuzulma bo’lib bir necha harakatlarni o’z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o’zini o’zi boshqarish hisoblanadi.
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilot, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o’zini o’zi boshqarish hisoblanadi. O’quv yurtlaridagi ota-onalar qo’mitalari, “Komolot” yoshlar harakati boshlang’ich tashkilotlari ham o’zini o’zi boshqarish ko’rinishidadir.
SHunday qilib, o’zini o’zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash qo’mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
O’zini o’zi boshqaruv demokratiyaning bir ko’rinishi bo’lib, xalq hokimyatini ro’yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o’zini o’zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi.
O’zini o’zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o’zini o’zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko’rinadi.
Biror bir yo’l bilan o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to’sqinlik qilish mumkin emas.
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini aniq bir xil pog’onada ‑ mahallarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning O’zbekistonning siyosiy tizimida o’zining munosib o’rnini topishga, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga sabab bo’ladi. Albatta, shahar va mahallalarida tuzilgan o’zini o’zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
O’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taьminlovchi, ularning ma’naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro’yobga chiqarishga hissa qo’shuvchi muhim tuzilmadir.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling