3-masala.
S. ismli talaba dars mashg’ulotlarida Konstitutsiyaga 6 marotaba o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan deb sanab berdi. O’qituvchi esa, bu o’zgarishlar besh marotaba bo’lganligini 1993 yilda o’zgartish va qo’shimcha emas, balki tuzatish kiritilganligini qayd etdi.
Savol:
Talabaning javobi to’g’rimi?
O’qituvchining fikri to’g’rimi?
1993 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishtishni qanday baholash mumkin?
O’zgartish, qo’shimcha va tuzatishning bir-biridan farqi nimada?
4-masala.
2003 yil 24 aprelda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq Prezidentning Vazirlar Mahkamasiga raislik qilishi Konstitutsiyadan chiqarib tashlandi. 2003 yil 5 mayda Prezident qaror qabul qildi. Biroq Konstitutsiyaviy sud Prezidentning qaror qabul qilishi uning Vazirlar mahkamasi raisi sifatidagi vakolatlaridan biri ekanligini, hozirgi kunda Vazirlar mahkamasi raisi lavozimi chiqarib tashlanganligi bois, Prezidentning qaror qabul qilishi Konstitutsiyaga zid ekanligini ta’kidladi. Biroq Konstitutsiyada Prezident qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar turkumida qaror ham mavjud ekanligini ta’kidlab, qaror qabul qilish huquqi qonuniy ekanligini keltirib o’tdi.
Savol:
Prezidentning qaror qabul qilish borasidagi harakatlari qonuniymi?
Konstitutsiyaviy sudning Prezidentga bildirgan e’tirozi o’rinlimi?
Prezident qaror qabul qilish huquqiga egami?
5-masala.
I. ismli talaba O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishi jihatdan muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob, 128 modda va qo’shimchalardan iborat deb javob berdi. O’qituvchi talabaning qo’shimchalar degan javobini asoslab berishni so’radi. SHunda talaba 1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yillarda Konstitutsiyamizga qo’shimchalar kiritilganligi bilan asoslab berdi. O’qituvchi talabaning ushbu javobini rad etdi.
Savol:
Ushbu holatda talabaning javobi to’g’rimi yoki o’qituvchining tutgan yo’li to’g’rimi?
Konstitutsiyaning tuzilishi jihatdan qo’shimchalar qanday shaklda bo’ladi?
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartishlar uning tuzilishiga ta’sir etadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |