Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet39/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Uchinchi. Davlat hokimiyatini tashkil qilishda, jahon tajribasiga murojaat qilindi. SHu tufayli barcha demokratik mamlakatlarda hokimiyatni tashkil qilishda qo’llanilib kelayotgan printsip – davlat hokimiyati tizimi, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatining bo’linish printsipi Konstitutsiyada mustahkamlandi (11-modda).
SHunga asosan qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari aniq tarzda belgilandi. Ularning mustaqilligini ta’minlovchi, bir-birini tiyib turishini mustahkamlovchi normalar kiritildi.
To’rtinchi. Iqtisodni bozor munosabatlari asosida tashkil qilish maqsadi, bu masalada ham jahon Konstitutsiyaviy tajribasiga murojaat qilish zaruriyatini tug’dirdi. SHu asosda Konstitutsiyamizda unga taalluqli masalar mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 53-moddasida bu quyidagicha bayon qilingan, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi”.
“Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kiabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina mulkdan mahrum etilishi mumkin”.
Xususiy mulk daxlsizligining o’rnatilishi, u davlat himoyasida bo’lishi, fuqarolarning moddiy turmushi farovon bo’lishiga olib keladi.
Beshinchi. Konstitutsiya Asosiy qonun ekan, unga amal qilish va muhofaza qilishda ham alohida vositalar va tartib bo’lishi shart. Konstitutsiya o’zini muhofaza qilishni ham jahon tajribasidan kelib chiqib hal qilgan. Uning 93-moddasida: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti: …O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilinishini kafolatidir”, deb belgilangan. 92-moddada belgilangan Prezident qasamyodi matnida ham, Prezident Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga qasamyod qiladi.
Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligi mustahkamlandi. SHu tizimga kiruvchi Konstitutsiyaviy sudga, Konstitutsiyani himoya qilish vazifasi yuklandi. Konstitutsiyaning 108-moddasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi” deya belgilangan bo’lsa, 109-moddasida ushbu vazifa va vakolatlar yanada kengroq va aniqroq mustahkamlab qo’yilgan.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling