Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’rishi zarurligi


Download 1.28 Mb.
bet57/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’rishi zarurligi


Bu qonuniylik printsipidan kelib chiqadi. Qonuniylik printsipi davlat faoliyati printsipi bo’lib, u ijtimoiy hayotning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiluvchi shartdir.
Qonuniylik printsipi orqali davlat o’z faoliyatini yuritib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Qonuniylik printsipi – bu barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, xizmatchilar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning qonun va boshqa qonuniy hujjatlarga og’ishmay amal qilishdir. Bu yerdan qonunlarga amal qilish barchani vazifasi ekanligi tushuniladi.
“Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat ustuvor bo’lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo’lmaydi”21. deb qonuniylikni ahamiyatini O’zbekiston Prezidenti aniq ko’rsatib bergan.
Konstitutsiyaning 16-moddasidagi “Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas” – degan qoida ham qonuniylik printsipini ta’minlovchi vositadir.
Davlat qonun yaratar ekan, avvalo shu qonunlarga davlatning o’zi rioya qilish zarur.
Davlat hokimiyatining amalga oshiruvi qonunchilik (vakillik hokimiyati), ijro, sud hokimiyati, o’z faoliyatini tashkil etishi, vakolati, bir biri bilan munosabatida faqat qonunlarga rioya qiladi. Qonunlarni bevosita o’zlari bajaradi yoki ularni bajarilishi choralarini ko’radi.
Qonuniylik printsipi, osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, yuksak turmush tarzi ozuqasidir. Qonuniylik printsipi amal qilganda xavfsizlik, fuqarolarning huquq erkinliklari ta’minlanadi. Har bir fuqaro o’z o’rniga ega bo’ladi.
Jamiyat va fuqarolar farovonligini muhim shartlaridan biri bozor munosabatlari bo’lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniylik printsipi amal qiladi.
Davlatning iqtisodiy sohaga aralashuvini cheklovchi, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi, mulk shakllarini tengligini ta’minlovchi, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga amal qilish qonuniylik printsipini ajralmas qismidir.
Oila munosabatlarini Konstitutsiya va qonunlar bilan tartibga solinishi, shu qonunlarga rioya qilish zarurligi qonuniylik printsipi doirasini juda ham kengligini ko’rsatadi.
Qonuniylik printsipiga amal qilish, qonunlar obro’sini kuchaytiradi.
SHuning uchun jamiyat a’zolarini faqat qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash o’ta muhimdir. Bunda ham eng ta’sirli, samarali chora shaxsiy o’rnakdir.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling