Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


 Konstitutsiya normalarini talqin etish va uning qonun hamda boshqa normativ hujjatlar bilan munosabati


Download 1.28 Mb.
bet58/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

8. Konstitutsiya normalarini talqin etish va uning qonun hamda boshqa normativ hujjatlar bilan munosabati

Konstiutsiya qoidalari uning turli moddalarida mustahkamlanib eng oliy huquqiy – norma sifatida rasmiylashtirilgan. SHuning uchun konstitutsiyaning har qanday normani, qoidani hayotga tatbiq qilish, qo’llash, fuqaro hayotda, jamiyat hayotida, davlat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya qoidalarini hayotda qo’llash uchun esa ularni mazmun-mohiyatini, maqsadini, aniq bilishi zarur. SHundagina Konstitutsiya qoidalari to’g’ri talqin qilinishi, hayotda qo’llanishi mumkin. Konstitutsiya qoidalarini nafaqat noto’g’ri qo’llash, hatto uning normalarini noto’g’ri talqin qilish ham Konstitutsiyani buzilishiga olib kelishi, mamlakat manfaatiga zarar yetkazishi mumkin.


SHuning uchun ham Konstitutsiyamizning 16-moddasi birinchi bandida “Mazkur Konstitutsiyanig birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas” – deb yozib qo’yilgan.
Konstitutsiya qoidalari nafaqat mamlakat manfaatlariga, fuqarolar manfaatiga, jamiyat manfaatiga zarar yetkazadigan tarzda talqin qilinmasligi kerak. Bu Konstitutsiyaning ustunligi printsipining muhim shartlaridan biridir.
O’zbekiston Konstitutsiyasi bu bir mustaqil mamlakatning ya’ni O’zbekistonning Konstitutsiyasidir. Undagi barcha qoidalar mamlakat, fuqaro, jamiyat manfaatlariga mos tarzda qabul qilingan. SHuning uchun shu qoidalarni ularni zarariga, ularga zarar yetkazadigan darajada talqin qilish aslo mumkin emas. SHunday hol ro’y berilsa (Konstitutsiya qoidalari noto’g’ri talqin qilinsa) bu narsa faqat Konstitutsiyani buzish, unga zarar yetkazish emas, O’zbekistonni mustaqilligi, davlat suverenitetiga, xalq xohish-irodasiga qarshi harakat hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 16-moddasi ikkinchi bandida “Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” deb belgilab qo’yilgan.
Bu Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlovchi muhim printsip va amaliy choradir.
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar nafaqat Konstitutsiyaga, qonunlarga ham zid kelmasligi kerak. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar deganda, Prezident farmoni, qarori, farmoyishi, hukumat qarori va farmoyishi, mahalliy hokimiyat organlari hujjatlari, markaziy idoralar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar tushuniladi. Konstitutsiya va qonunga normativ-huquqiy hujjatlargina emas, har qanday boshqa hujjatlar ham zid bo’lmasligi kerak. Sud, Prokuratura organlarining qabul qilgan hujjatlari, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlarning hujjatlari ham Konstitutsiya va qonunlarga mos bo’lishi, ularga zid kelmasligi kerak.
Konstitutsiya va qonunlarga har qanday hujjatlarni mos bo’lishi turli usul va vositalar orqali ta’minlanadi. Bunda prokuratura faoliyati, Konstitutsiyaviy sud faoliyati alohida muhimdir.
Sud hujjatlari: hukm, ajrim, qarorlarning bekor bo’lishining asosiy sababi ularning Konstitutsiya va qonunlarga mos kelmasligi, zidligidir.
Davlat o’z faoliyatida tayanadigan printsiplardan biri adolat bo’lsa, ikkinchisi qonuniylikdir. Qonuniylik printsipida Konstitutsiya va qonun ustuvorligi alohida muhim rolь o’ynaydi. Bu masalani jamiyat, fuqaro, davlat hayotida muhimligini, uni Konstitutsiyada maxsus bobda mustahkamlanganida ham ko’rish mumkin.
Mamlakatni taraqqiyoti unda qonunlarni ko’plab qabul qilishiga emas, mavjud qonunlarga amal qilishga bog’liqdir. Bunda fuqarolarning huquqiy ongini yuksak bo’lishi muhimdir.
Mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilarining, huquqiy ongi bilimi, huquqiy madaniyati yuqori darajada bo’lishi kerak. CHunki ko’p hollarda Konstitutsiya va qonunlarda zid hujjatlar idoraviy manfaatlarni ko’zlab qabul qilinadi. Aslida esa hamma uchun umumdavlat manfaati, xalq manfaati, fuqaro manfaati yuqori turishi kerak.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling