Ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga va boshqa davlataro tuzilmalarga kirish
O’zbekiston tashqi siyosati yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilib qo’yadi. SHuning uchun Konstiutsiyaning “Tashqi siyosat” bobi, 17-moddasida “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin” deb belgilab qo’yilgan.
Demak bu qoida O’zbekistonni xavfsizlik maqsadida turli birlashmalarga birlashishi mumkinligini konstitutsiyaviy asosda mustahkamlaydi.
1991 yil 21 dekabrda Qozog’istonning Olmaota shahrida Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Qozog’iston, Qirg’iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston, Ukraina davlat boshliqlari uchrashuvida Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) tashkil qilindi.
Bu Sobiq Ittifoqi tarkibidan chiqib mustaqillikka erishgan davlatlarning dastlabki hamdo’stlik xalqaro tashkiloti edi. Bu tashkilotning tuzilishi a’zo mamlakatlarning taqdirida ijobiy rolь o’ynaydi. Bu hamdo’stlik Sobiq ittifoq respublikalari o’rtasida turli qurolli to’qnashuvlar, bir-biriga chegara xususida e’tirozlar bildirishi kabi masalalarni oldini oldi. Hamdo’stlikni tashkil topishi Ittifoq davlat – Yugoslaviyani tarqab ketishidagi qon to’kilishlarini oldini oldi. Siyosatchilarni hozirgacha ta’kidlashicha agar MDH tuzilmaganda Sobiq ittifoq hududida Yugoslaviyadanda daxshatliroq urushlar bo’lishi va u hozirgacha davom etishi mumkin edi. MDH siyosiy tashkilot bo’lmay, ixtiyoriy iqtisodiy uyushma edi.
MDH uyushmasi O’zbekistonga shu uyushma a’zolari bilan tenglik asosida ikki tomonlama aloqalar o’rnatishga katta imkoniyat yaratdi.
MDH uyushmasi doirasida kollektiv xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati vujudga keldi va mamlakatimiz bu yo’nalishda ham ishtirok etdi.
2001 yil 15 iyunda Xitoy Respublikasining SHanxay shahrida, Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iston va O’zbekiston davlat boshliqlarining uchrashuvida yangi tashkilot tuzilib, u SHanxay hamkorlik tashkiloti degan nom bilan xalqaro munosabatlarda o’z o’rniga ega bo’la boshladi. Bu tashkilotning tuzilishi XXI asrning boshlanishidagi eng muhim xalqaro voqealardan biri bo’ldi. Tashkilot doirasida a’zo davlatlar xavfsizlikni birga hal qilish, bir-biriga ishonchni kuchaytirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohada hamkorlikni kuchaytirishga axd qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |