Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Kasaba uyushmalarining jamoat birlashmalari tizimida tutgan o’rni, vazifasi


Download 1.28 Mb.
bet101/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Kasaba uyushmalarining jamoat birlashmalari tizimida tutgan o’rni, vazifasi


Konstitutsiyada kasaba ushyumalari jamoat birlashmalari tizimida qayd qilinish bilan birga (56-modda), ularning asosiy vazifasi Konstitutsiyaning alohida moddasida ko’rsatib qo’yilgan. Konstitutsiyaning 59-moddasida “Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo’lish ixtiyoriydir” – deb mustahkamlangan.
SHuni o’zi ya’ni kasaba uyushmalarining vazifasini Konstitutsiyada belgilanishi, uni jamoat tashkilotlari tizimida, jamiyatda muhim rolь o’ynashini ko’rsatadi.
Kasaba uyushmalarini tuzish, unga a’zo bo’ish, majburiyatlari va boshqa holatlarni 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalarining huquqlarining va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunga asosan kasaba uyushmalari ko’ngilli jamiyat ya’ni, uni tuzish, unga a’zo bo’lish ixtiyoriydir. Bu tashkilot ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan (o’quv muassasalari, sog’liqni saqlash muassasalari va boshqalar) har qanday tashkilot, muassasalarda tuzilishi mumkin.
Ular qaerda tuzilishidan qatiy nazar, o’z a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini, hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazifasini bajaradi.
Mamlakatimizning barcha fuqarolari, ishchilar, xizmatchilar, qishloq xo’jalik xodimlari, davlat xizmatchilari, talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha, o’z ixtiyori bilan kasaba uyushmalari tuzish, uning ustavi talablariga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga a’zo bo’lish huquqiga ega.
Nafaqaxo’rlarning uyushmaga a’zo bo’lishi, undan chiqishi haqidagi tartib-qoidalar ustavlarda belgilangan.
Kasaba uyushmalarining ustavlarini ro’yxatga olish tartibi “O’zbekiston Respublikasi jamoat birlashmaalri to’g’risida”gi qonunda belgilangan.
- Kasaba uyushmalari qaerda tuzilishidan qat’iy nazar, davlat organlaridan mustaqil, ular bilan sherikchilik, hamkorlik asosida ish olib boradi;
- tashkilot, muassasa ma’muriyati tomonidan nazorat qilinmaydi, ularga hisob berilmaydi;
- ularni faoliyatiga qonunda ko’zda tutilmagan hollarda aralashuv mumkin emas va bunday aralashuv qonunsiz hisoblanadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling