5- mavzu: Muammoli vaziyatlarni boshqarish texnologiyalari. Reja
Download 221.15 Kb.
|
5-Mavzu mijoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’molchilar va korxona xodimlari, jamoada yuz beradigan turli vaziyatlar.
- O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning iste’mol sohasidagi huquqlarini ta’minlashda qanday o‘rin tutmoqda
- Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda federatsiyaning o‘rni xususida so‘zlab bersangiz.
- Aholining iste’molchi sifatidagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.
5- Mavzu: Muammoli vaziyatlarni boshqarish texnologiyalari. Reja: Iste’molchilar va korxona xodimlari, jamoada yuz beradigan turli vaziyatlar. Muammoli vaziyatlarda o’zini tutish madaniyati. Psixologik treninglarda ishtirok etish. Iste’molchilar va korxona xodimlari, jamoada yuz beradigan turli vaziyatlar. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu soha iqtisodiy va huquqiy islohotlar, institutsional tub o‘zgarishlar, raqobatni rivojlantirishning umumiy yo‘nalishlari bilan hamohang takomillashtirilmoqda. Fuqarolarimizning iste’molchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan. Mazkur hujjatlar iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarini qamrab oladi. Qolaversa, jamoat birlashmalarining iste’mol sohasidagi siyosatni shakllantirishda faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ushbu yo‘nalishda samarali faoliyat yuritayotgan tashkilotlardan biridir. Federatsiya raisi Olimjon Jumayev O‘zA muxbiriga tashkilotning maqsad va vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini takomillashtirishda federatsiyaning ishtiroki xususida so‘zlab berdi. “Iste’molchilar huquqi inson fuqarolik huquqlarining ajralmas qismidir,” deydi O.Jumayev. – Shuning uchun Prezidentimiz rahnamoligida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi yaratilib, unga ko‘ra davlat tovarlarni xarid qilish, ish va xizmatlardan foydalanishda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etishni nazorat qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ularga huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash huquqi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar shunday organlar sirasiga kiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohaga oid qonunchiligiga binoan iste’molchilar huquqlari jamoat birlashmalari tomonidan ham himoya qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi shunday birlashmalardan. Mazkur qarorning qabul qilinishi shaxs manfaatlari ustuvorligiga rioya etish, yurtdoshlarimiz ongiga demokratik qadriyatlarni singdirish, iste’mol bozorini erkin bozor munosabatlarini ta’minlashning ajralmas qismi sifatida tartibga solishda ijtimoiy vositalar muhimligini yana bir bor tasdiqladi. – O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning iste’mol sohasidagi huquqlarini ta’minlashda qanday o‘rin tutmoqda? – Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir kishi har kuni tovar-pul munosabatlari subyektiga aylanadi. Chunonchi, har kuni oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel, maishiy texnika, avtomobil xarid qilamiz. Biroq, sotib olgan mahsulotimiz har doim ham ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. U yoki bu tovar sifat standartlari talabiga javob bermaydigan, turli sabablarga ko‘ra foydalanib bo‘lmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda sotib olingan buyumni almashtirish yoki qaytarib berish mumkinligini hamma iste’molchi ham bilmaydi. Shuning uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoidalarini bilish – bugungi kun talabidir. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bu borada amal qilinayotgan qonunchilik mazmun-mohiyati haqida fuqarolarni xabardor qilish, ularga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘rgatish faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridandir. Bu o‘rinda iste’molchilar muammolarini joyida hal etishga harakat qilamiz. Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida 195 tuman (shahar) birlashmalarini o‘z ichiga olgan 14 hududiy birlashma faoliyat yuritmoqda. Mahallalar, oliy o‘quv yurtlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, turli tashkilotlarda 6,4 mingdan ortiq tayanch punkti ishlab turibdi. Bu imkoniyatlarimizni yanada kengaytirmoqda. Bundan tashqari, federatsiya huzurida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida “Loyihalashtirish, ekspertiza va baholash” sho‘ba korxonasi ham samarali faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida fuqarolarga hamisha yordam berishga tayyor 560 nafar mutaxassis mehnat qiladi. Ular mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan turli ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib, o‘z malakasini muntazam oshirmoqda. So‘nggi vaqtda bir guruh mutaxassislarimiz Xitoy, Koreya Respublikasi, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Hindiston, Vetnamga borib, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro tajriba bilan tanishdi, mazkur sohada mamlakatimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlar xususida so‘zlab berdi. – Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda federatsiyaning o‘rni xususida so‘zlab bersangiz. – Nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan federatsiya kuchli fuqarolik jamiyati qurish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirishga yordam beradi. Zero, iste’molchilar jamoatchilik harakati – bozor munosabatlarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsata oladigan, ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar mas’uliyatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan aholining faol qismidir. Tashkilotimizning kundalik faoliyati shundan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Masalan, federatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qator qo‘mitalari majlislarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ekspert sifatida ishtirok etadi, boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yaratish, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilishda qatnashadi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, tovar va xizmatlar sifati hamda xavfsizligiga mas’ul turli tuzilmalar birgalikda harakat qilgandagina iste’molchilar huquqlarini himoya qilish o‘z samarasini beradi. Jamoat transporti, tibbiyot, kommunal xo‘jalik, ma’rifat va boshqa sohalarda inson huquqlarining ta’minlanishi tizimli ravishda o‘rganilayotgani, ushbu mavzu bo‘yicha o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovlar ham buni tasdiqlaydi. Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari va boshqa idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotir. Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan olingan natijalarga muvofiq, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar ishtirokida seminar va davra suhbatlari o‘tkazildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar tegishli tavsiyalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vakolatli vazirlik yoki idoralarga taqdim etilmoqda. – Aholining iste’molchi sifatidagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz. – Bugungi kunda fuqarolarimiz o‘z huquqlari bilan hali maktabda ta’lim olish chog‘idayoq tanishadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikni o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan. So‘nggi yillarda maktab, kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yosh bilimdon iste’molchi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekistonda ham har yili 15-mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Shu munosabat bilan bizning federatsiya ham davra suhbatlari o‘tkazadi, ta’lim loyihalarini amalga oshirib, fuqarolarga maslahatlar beradi. Axborot-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar ustuvor vazifalarimizdan biridir. “Iste’molchi kutubxonasi” turkumidagi “Tovar yorlig‘i va shtrixli kodlash”, “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun 100 savol va 100 javob”, “Tibbiy xizmat va iste’molchilar huquqlari”, “Pochta xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish”, “Iste’molchi: huquq va majburiyatlar” kabi qator risolalar chop etildi. Federatsiya “Iste’molchi – Potrebitel” haftalik ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi muassislaridan biridir. Ushbu gazetada aholining huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan materiallar o‘zbek va rus tillarida beriladi. Federatsiyaning nizomida belgilangan asosiy maqsadlarni amalga oshirish jarayonida www.potreb.uz va www.istemol.uz sayti tashkil etilgan. Ushbu portalda faoliyatimiz keng yoritilib, huquqiy mavzudagi zarur ma’lumotlar joylashtirib boriladi. Muxtasar aytganda, iste’mol sohasida yuzaga keladigan muammolarni mustaqil hal etish uchun barcha yo‘l-yo‘riqlar taqdim etilmoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalarni hal etishga ko‘maklashadigan bevosita telefon aloqalari, seminarlar, davra suhbatlari ham o‘z samarasini berayotir. Bir vaqtning o‘zida tovar ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi va savdo xodimlari bilan ishlamoqdamiz. Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2,6 mingdan ortiq yozma va 1 mingdan ziyod og‘zaki murojaat kelib tushgan. Shuning 92,6 foizi iste’molchilar foydasiga hal etildi. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarning aksariyati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, qolgan arizalar yuzasidan federatsiya vakolati doirasida tushuntirishlar berildi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, fuqarolarning dolzarb masalalarini hal etishda muvozanatni saqlashga harakat qilamiz. Sog‘lom bola yilida ishlab chiqilgan ko‘plab loyihalarni fuqarolar yashash joylarida amalga oshirmoqdamiz. Bu borada doimiy hamkorlarimiz bo‘lgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi, fuqarolar yig‘inlari va bevosita aholi bizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bugun O‘zbekistonda iste’molchilar o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu borada ularga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari yaqindan yordam bermoqda. Shuning uchun iste’molchilarni huquqiy himoya qilish kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim tarkibiy qismidir. Download 221.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling