5- mavzu: Muammoli vaziyatlarni boshqarish texnologiyalari. Reja


Download 221.15 Kb.
bet4/6
Sana18.02.2023
Hajmi221.15 Kb.
#1213625
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Mavzu mijoz

2.Ijodiylik tamoyili. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo’lgan, kashf etib ulgurilgan g’oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o’zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar.
3.Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili. Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impul’sivlikdan ob’ektivlik darajasiga o’tadi va trening davomida o’zgarishlar kiritish imkonini beradi.
4.Sheriklik (Sub’ekt-sub’ektlik) muloqoti tamoyili. Sheriklik, yoki sub’ektsub’ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg’ulari, qayg’ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi.
Treningning asosiy qonunlari:
1. “00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg’ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo’lishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va o’zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo’ladi.
2. “Mikrofon” qonuni. Kimning qo’lida mikrofon bo’lsa o’sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o’tkazish vaqtida aylana bo’yicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o’yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.
3. “Faollik” qonuni. ‘Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo’ladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini ham e’tiborga olish kerak bo’ladi.
4. “Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun o’zining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etish, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o’ylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhninig boshqa qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko’pchilik, ya’ni “biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas.

Download 221.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling