Tug‘ilgan kuningiz sanasi qanday xosiyatga egaligini bilasizmi?
Download 55.52 Kb.
|
tezis tugilish sanasi xosiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-sanada tavallud topganlar
Tug‘ilgan kuningiz sanasi qanday xosiyatga egaligini bilasizmi?1-sanada tavallud topganlar Bu sanada tug’ilgan insonlar ijodkorlik va ixtirochilikka moyil bo’lishadi. Ular o’z qarashlariga va ulkan ishonch kuchiga ega. Chegaralanish va so’ralmagan maslaxatlar yoqmaydi ,shuningdek, ishlariga xalaqit berganlarni jinlari suymaydi. Shu bois boshqalardan mustaqil ravishda yakka tarzda mehnat qilishni ma’qul ko’radilar. Ularda hukmronlik alomatlari seziladi. Bunday insonlarda ulkan qat’iyat va erkinlik kuchi mavjud, biroq ba’zida ular sarkash va o’jar odamlarga aylanadilar. Asosiy hissiyotlari haddan ziyod jizzakilikka qaratilib, uni amalga oshirish uchun barcha aqliy qobiliyatlarini ishga sola bilishadi. Xissiy mashg’ulotlari o’tginchi, ikkinchi darajali, deyarli doimiy ravishda izzat-nafslariga itoat etadilar. Ular o’zlariga tobe bo’lishni, bo’ysunishni talab qilishadi, shuning uchun ham nikohlari hamma vaqt ham omadli bo’lavermaydi. Ushbu odamlar o’zlari belgilagan marra sari katta jasorat, barqarorlik paydo qila oladilar. Agar bu ulardagi mulohazakorlik bilan uyg’unlashsa, ajoyib natijalarga erishish mumkin. O’z ma’ruzalarida ochiq, qo’pol vashafqatsizlikni namoyon etishadi. Ular o’zlariga ongli ravishda tobe kishilar bilan kelisha oladilar, biroq o’zlarini tobe odamlar bilan teng ko’rmay, ularning soyasi bilan qolishni afzal bilishadi. Mazkur sanada tug’ilganlarning o’ziga xosligini, erkinligini xurmat qilgan kishilargina ular bilan murosa qila oladilar. Bu odamlar qaror qabul qilish va ijodkorlik borasida hamisha qat’iy. Ularning shaxsiy sifati oliy darajada. Biroq boshqa kishilar bilan o’zaro munosabatda katta qiyinchiliklarni boshdan o’tkazadilar. Atrofdagilar bu insonlarni tushunishlari, ularga nisbatan xushmuomala bo’lishlari kerak. 2-sanada tavallud topganlar Ushbu sanada tug’ilganlar nazokatli, mushfiq, xayolparast bo’lishadi. Aqlli, ijodkor, boy tasavvurga, badiiy-estetik jixatdan qobiliyatga ega. Ularning kuchi xissiyotlardan ko’ra tafakkurida, jismoniy extiyojga nisbatan ma’naviy qoniqishni ustun ko’radilar. Xayolga beriluvchan, muloyim, marhamatli bo’lishsa-da, ammo xizmat pog’onasi bo’ylab siljishlariga kuchlari va quntlari yetmaydi. Hamkorlar bilan umumiy til topishga harakat qilishadi, jismoniy munosabatni ruxiy bog’lanishsiz hal eta olishmaydi. Agar ularning nikoxi ma’naviy jixatdan barpo etilgan bo’lsa, omadli kechadi, aks holda kuchli ruxiy siqilishga duchor bo’ladilar. Bu insonlar hayolga beriluvchan, kuchli aql-zakovat, shu bilan birga sodda va ishning ko’zini bilmaydiganlardir. Qarama qarshi harakat vaqtidaruxan tushkunlikka tushadi, o’zlariga munosib sharoitlarda bekamu ko’st bo’la olmaydilar. O’z g’oyalarini amaliy jixatdan ro’yobga chiqarish uchun ularda tirishqoqlik va tashabbus yetishmaydi. Bu insonlar uchun eng muhimi, ma’nan yuqori darajadagi xamkorlar bilan munosabat o’rnatishdir. Ular ruxiy jixatdan munosabatda bo’ladigan kishilar bilan ma’nan boy bo’ladilar. Eng muhim talab – bu insonlarda ishonch xosil qilib, ruxlantiradigan aql-zakovatli umr yo’ldoshini topishdir. Ushbu insonlar kuchli aql-idrokni ishga solib, xodisalarga xolis baho berishlari lozim, aks holda ularni umidsizlik, asossiz iztiroblar kutadi. Salomatlikka kelganda, mazkur sanada tug’ilganlarda jigar va ovqatni hazm qilish yo’lida muammolar bo’lishu mumkin. Download 55.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling