Tug‘ilgan kuningiz sanasi qanday xosiyatga egaligini bilasizmi?
-sanada tavallud topganlar
Download 55.52 Kb.
|
tezis tugilish sanasi xosiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-sanada tug’ilganlar o’zlarining bo’g’imlari va terilariga e’tibor qaratishlari kerak
3-sanada tavallud topganlar
Jizzaki va tajovuzkor. Ular hamisha atrofdagilardan yuqori turishga intilishadi. O’zlariga tobe kishilar bilan hech qachon kelishishni istamaydilar. Xukmronlikni sevishadi, o’zlarining ulkan kuch-quvvatlarini xayotga tatbiq etishadi. Rejalari ro’yobga chiqishiga atrofdagilar shubha va to’sqinlik qilishsa, chiday olmaydilar. O’zlari tartibli bo’lishgani uchun boshqalardan ham shuni talab qilishadi, shu bois ulardan vijdonli boshliqlar yetishib chiqadi. Ular chidamli bo’lib, kuchlari qolmaguncha jangda bo’sh kelishmaydi, istar-istamasgina taslim bo’lishadi. Ulkan jismoniy kuch va bardoshga ega. Bu insonlarning muhabbat va romantikaga vaqtlari yo’q. Sevgida o’ziga xos ovchi: ularning nishoni ularga bo’yin egishi, ulardan ustun bo’lmasligi kerak. Hamkorlari – ularning qurboni. Nozik munosabatlardagi jismoniy qoniqishdan so’ng sheriklariga nisbatan qiziqishlari yo’qoladi. Ular o’zlarining rahbarligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini o’ylab o’tirmaydilar. Buzg’unchi, fitnaboz bo’lmasalarda, toqatsizliklari tufayli harakatchan va zaiflar orasidan ko’plab dushmanlar orttirishadi. Ular qiziqqon va mag’rur. Boshqalarga nisbatan majburiyatlilikni yoqtirishmaydi. Bu insonlar serzardalik va murosasizlikdan tiyilishni o’rganishlari lozim. O’zlarining salbiy xislatlarini nazorat qilish orqali ular mislsiz shaxsga aylanishlari va omadga erishishlari mumkin. 3-sanada tug’ilganlar o’zlarining bo’g’imlari va terilariga e’tibor qaratishlari kerak. Bu insonlarning asosiy fel-atvorini aql va tushkunlik tashkil etadi. Odatda, ular o’qish- o’qitishga oid ajoyib mavqe-martaba yarata oladilar. Ularda o’qishga nisbatan kuzatuvchanlik va zehnlilik yuqori darajada. Ortiqcha intilishsiz ham favqulodda foydalixodim. Har qanday ishni uslubiy jihatdan amalgam oshirishadi. Ular qiziqqon emas, kam bahslashishadi. Isrofgar, ularga pul qancha tez kelsa, xuddi shu tarzda ketadi. Osonlik bilan sevishmaydi, biroq sevib qolsalar, bu umrbod davom etadi. Ular majburlikdan emas, sevishlari qiyin bo’lganligi uchun sadoqatli. Nozik masalalarda ishtahalari o’rtacha. Tushkunliklari bois doim g’am-g’ussada yurib, bu esa yaqinlarini tashvishga soladi. Odamlarga ishonishmaydi. O’zlariga ham unchalik ishonmay, doimiy daldaga muxtoj bo’lishadi. Agar kimdir tomonidan qo’llab quvvatlansalar, o’zlarini juda yaxshi sezadilar, aksincha holatlarda esa zaxar- zaqqum va jahldor kimsalarga aylanadilar. Aynan tushkunlik tufayli ular ulkan omadga erisha olishmaydi, hech qanday natija chiqmaydi, deganlari bois yaxshi imkoniyatlarni qo’ldan boy beradilar. Iqtisodda, tejamkorlikda noqis. Muxtojlikda chora topa olishmasa, xaddan ziyod ruhlari tushadi. Hamkorlar, umr yo’ldoshlari, do’stlari bu insonlarni ruhlantirib turishlari kerak, aks holda ularni yo’qotib qo’yish mumkin. Atrofdagilarning bari sabr-bardosh va kuch timsollari bo’lishlari lozim. Buning evaziga ulardan bekam ko’st sadoqat, mehribonlik va ishonch olish mumkin. Download 55.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling