Nordic international university xalqaro nordik universiteti
Download 29.29 Kb.
|
oila ped Shonazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oila Pedagogikasi” fanidan
XALQARO NORDIK UNIVERSITETI “Maktagacha ta`lim” yo’nalishi “Oila Pedagogikasi” fanidanOilada bolalarni mehnatsevarlik va estetik ruhda tarbiyalashmavzusida tayyorlaganESSE Bajardi: Shonazarova O’ Oilada bolalarni mehnatsevarlik va estetik ruhda tarbiyalash Oila tarbiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri – oilada farzandlarni mehnatga o‘rgatish, ularda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalashga erishish sanaladi. Ota-onalar va oilaning katta yoshli a’zolari tomonidan oila sharoitida tashkil etiladigan mehnat tarbiyasi mehnatga, mehnat faoliyati natijalariga ijobiy munosabatni shakllantira olishi lozim. Oilada mehnat tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar quyidagi vazifalarning ijobiy hal etishga e’tibor qaratishlari kerak: 1) tushuntirish, suhbat orqali bolalarga mehnat, uning ahamiyati va mohiyatini anglatish; 2) shaxsiy namuna ko‘rsatish, shuningdek, atrofdagilarning ibrati asosida bolalarda mehnat qilishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish; 3) bolalarda o‘qish ham mehnat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchani hosil qilish; 4) turli o‘quv qurollari, kichik yoshli bolalar uchun rangli, o‘smir va o‘spirinlar uchun esa ularning yoshiga mos ertak, qissa, sarguzasht kitoblarnisovg‘a qilish orqali bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish; 5) farzandlar bilan birgalikda mehnat qilish, uy xo‘jaligini yuritish, uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarish asosida bolalarda amaliy mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish; 6) “ustoz-shogird” an’anasiga ko‘ra farzandlarning turli hunar sirlaridan voqif bo‘lishiga erishish, shuningdek, qiziqishlari asosida ularni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash; 7) mehnat va iqtisodiy tarbiyani umumlashtirish asosida bolalarni oila sharoitida mehnatsevarlik va tejamkorlikka o‘rgatish. Mehnat shaxsning jismoniy jihatdan sog‘lom, baquvvat, mustahkam xarakter va qat’iy iroda egasi bo‘lishi uchun sharoit yaratish bilan birga unda ma’naviy-axloqiy, aqliy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Buning mohiyati shundaki, birinchidan, shaxs o‘zi mehnat qilgandagina o‘zgalarning mehnatini, ular mehnati hisobidan yaratilgan ne’matlarni qadrlaydi, ikkinchidan, mehnat qilar ekan, u qanday yo‘l tutsa, vaqt sarfini qisqartish, ish sifatin oshirishga muvaffaq bo‘lishni, mahsulot tayyorlayotganda esa uning shakli, rangini o‘zgartirishga yangicha yondashishni, atrofdagilarga chiroyli ko‘rinishda taqdim etish haqida fikrlaydi. Fikrlash jarayoni esa shaxsning “aqlini charxlaydi”, bolalarni “ishni rejali olib borish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bo‘lish” ga o‘rgatadi. Ota-onalar mehnatning bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini yuqori baholash bilan birga oila muhitida ularni mehnatga jalb etishda muayyan shartlarni ham yodda tutishlari zarur. “Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo‘lmasligi, ularning tezda toliqishlari yoki mayib bo‘lishlariga sabab bo‘lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarning taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishi va ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega bo‘lgan havasini oshiradi, unda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yuzaga keltiradi”. Oila muhiti farzandlarni estetik tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun ota-onalardan, eng avvalo, uyda tartib o‘rnatish, barcha buyumlarning doimo o‘z o‘rnida bo‘lishiga erishish talab etiladi. Binobarin, ozodalik, saranjomlik, tartib, go‘zallik mavjud bo‘lgan joydagina bolaning estetik didi shakllanadi. Qadim-qadimdan onalar oila sharoitida to‘g‘rilanmagan (yig‘ishtirilmagan) o‘rin, supurilmagan hovli, yuvilmagan idish kabilarga erkak kishi (er)ning ko‘zi tushmasligiga e’tibor qaratishgan va tabiiyki, aynan shu harakatlar bolalarda go‘zallikka nisbatan muhabbatni tarbiyalashga xizmat qilgan. SHu bilan birga onalarning uyda so‘zana, kashta, qiyiq, do‘ppilarning tikishlari, gilam to‘qishlari, hovlilarga turli-tuman anvoyi gullarni ekib, ularni parvarish qilishlari ham bolalar didini o‘stirishga yordam bergan. Buning aksi bo‘lgan holatlar (betartiblik, xunuklik) esa ularda didsizlikni shakllantirgan. E’tibor berilsa, nikoh to‘yi oldidan kelinning sepi sifatida kuyovning xonadoniga olib borilgan ko‘rpa-to‘shaklarni mehrobga, sandiqlar ustiga taxlash yumushi har kimga topshirilmagan, balki uni nihoyatda didli, ularni katta-kichikligi, qalin-yuqaligiga ko‘ra muayyan tartibda, nihoyatda chiroyli taxlay oladigan ayollargina bajarishgan. Xuddi shunday to shu kunga qadar odat bo‘lib kelgan kelin sarpolarini maxsus ajratilgan xonada (osib qo‘yilgan holda) namoyish qilish ham ana shu ishning “ustasi” bo‘lgan ayollar zimmasiga yuklatilgan. Bizning nazarimizda, yangi oila shakllantirilayotgan dastlabki paytlardayoq muhitning estetik jihatdan ko‘rimli bo‘lishiga intilish zaminida nafaqat atrofdagilarga kelin uyining chiroyli tarzda namoyish qilishdan ham ko‘ra ko‘proq estetik didi yuqori farzandlarni tarbiyalovchi ota-onaning o‘zida uni hosil qilishga bo‘lgan intilish aks etadi. Qolaversa, “axloqiy va estetik qarashlar mazmuni o‘zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to‘g‘ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go‘zalliklar (yarim yalang‘och yoki yalang‘och badan, me’yoridan ortiq qo‘llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar “mahsuli”, o‘ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go‘zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go‘zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik gullar, beg‘ubor osmon, viqorli tog‘lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo, bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, “chuchvara”lar hosil qilayotgan yomg‘ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, xushsurat, chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta’sirchan badiiy va san’at asarlari, yuksak mahorat bilan yaratilgan o‘yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron o‘yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo‘lishi uchunshart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go‘zallikni his etish tuyg‘usi tabiat bag‘rida, muzey, ko‘rgazma, kino va teatrlarda bo‘lish tufayli shakllanadi. SHu bois maktabgacha ta’lim muassasalari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan tabiat bag‘riga, muzey, ko‘rgazma, kino va teatrlarga uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir” Download 29.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling