Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet168/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

4. Bosh vazirning vakolatlari

Bosh vazirning vakolatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaga asosan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi. Uni samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilib, uning qarorlarini imzolaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig’iga binoan halqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish yuritadi.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi qonunning 15-moddasida Bosh vazirning vakolat, vazifa va majburiyatlari quyidagicha belgilangan:
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi.
Bosh vazir:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig’iga binoan halqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
davlat va xo’jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko’rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo’yicha qarorlar qabul qiladi;
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bosh vazir o’z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo’qligida uning vazifasini Bosh vazir o’rinbosarlaridan biri bajaradi.
Bularga e’tibor bersak, Bosh vazir o’z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoishlar qabul qilishi ko’rsatilgan bo’lib, shu bilan birga davlat va xo’jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko’rib chiqilishi talab etilmaydigan masalalar bo’yicha qaror ham qabul qilish xuquqiga egaligi ko’rsatilgan. Bu ham Bosh vazir vakolatiga kiradi.
Bosh vazirni vakolatlari va vazifasini amalga oshirishda Bosh vazirning o’rinbosarlari ma’lum rol o’ynaydi.
Vazirlar Mahkamasi va faoliyatini tashkil etishda Vazirlar Mahkamasi Rayosati muhim rol o’ynaydi.
Rayosat Bosh vazir va uning o’rinbosarlaridan iborat tarkibda tuzilib, Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlovchi organi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Bosh vazirning qaroriga ko’ra, Rayosat tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling