Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
2-kazus.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan so’ng Senatga yuborildi. Biroq Senat majlisidagi muhokama natijasiga ko’ra rad etildi. Majlisda qonunning rad etilish asoslari, uni qayta ko’rib chiqib, bir qator qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi lozimligi xaqida xolosaga kelindi hamda ushbu hulosa Senat majlisi bayonnomasiga kiritilib, bayonnomadan ko’chirma esa Qonunchilik palatasiga yuborildi. Qonunchilik palatasi qonunni qayta ovozga qo’yib, deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qulladi hamda to’g’ridan-to’g’ri Prezidentga imzolash va e’lon qilish uchun yubordi. Senat, qonun yuqori palatada ma’qullanganidan so’nggina Prezidentga imzolanish va e’lon qilish uchun yuborilishi mumkinligini vaj qilib, ushbu holatga nisbatan o’z e’tirozini bildirdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Yuqoridagi holatda Qonunchilik palatasi va Senatning harakatlari qoniniymi? O’zbekistonda qonunchilik jarayonini batafsil tahlil qiling. 3-kazus. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar bo’lib o’tdi. Saylov natijalariga ko’ra bir qancha saylov okruglarida saylovlar noqonuniy o’tkazilgan deb topildi. Biroq, boshqa saylov okruglardan saylangan deputatlar, depupatlik faoliyatini faqat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlislarida qatnashish orqali emas, balki boshqa ko’rinishlarda ham amalga oshirilishi mumkinligini vaj qilib, ularni o’z depupatlik vazifalarini bajarishga yo’l qo’yilishini talab qildilar. Ularning fikricha, to’liq shakllantirilmagan qonunchilik organi ularning saylangan deputatlar sifatidagi maqomiga ta’sir qilmaydi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Saylangan deputatlarning talablari asoslimi? Mazkur holat qanday hal qilinishi lozim? 4-kazus. O’zbekiston Respublikasiga Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan katta miqdorda kridit ajratilish masalasi bo’yicha muzokaralar jarayonida, ajratilgan kreditlarni tasarruf qilinishini nazorat qilish vazifasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi zimmasiga yuklash kerakligi to’g’risida Bank o’z talabini qo’ydi. Muzokaralardagi O’zbekiston vakillari esa, ushbu talab O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga zid ekanligi sababli bajarilishi mumkin emaslini aytdi. Sababi Konstitutsiyaga muvofiq, Oliy Majlisga ijro hokimiyati organlari tomonidan davlat byudjetini ijro etilishi yuzasidangina ayrim nazorat vakolatlariga ega bo’lib, qonunchilik organiga bunday vakolatlarni berilishi, davlat hokimiyati tizimi konstitutsiyaviy printsipiga zid keladi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi o’rnini batafsil yoritib bering. Demokratik-huquqiy davlatda parlamentning funktsiyalari qaynday bo’lishi lozim? Sizning fikringizcha, Osiyo Taraqqiyot Bankining talabini bajarilishi mumkinmi ? 5-kazus. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar bo’lib o’tdi. Yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sessiyasi o’z ishini boshladi. Sessiya kun tartibidagi birinchi masala Qonunchilik palatasi Spikeri va spiker o’rinbosarlarini saylash qo’yildi. Saylovda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan fraktsiya Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodni taklif qildi va depuplarlarining ko’pchilik ovozi bilan ushbu nomzod saylandi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Yangi chaqiriqdagi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi qanday tartibda o’tkaziladi?O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikeri va spiker o’rinbosarlarini saylash tartibini batafsil tahlil qiling. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling