Tayanch so’z va iboralar.
Parlament, Oliy Majlis, O’zbekistonda parlament islohotlari, Qonunchilik palatasi, Senat, Qonunchilik jarayoni, Qonunchilik bosqichlari
Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish.
Glossariy.
Referendum (lot. referendum – nima kerak bo’lsa, qilish ma’nosida )
Votum (lotincha – iroda, hoxish
suverenitet atamasi baynalminal so’z, atama, u frantsuzcha so’zdan kelib chiqib, “oliy hokimiyat” degan ma’noni beradi.
Demokratizm printsipi. Demokratiya insoniyat tarixida vujudga kelgan va unga barcha xalqlar bab-baravar intiladigan tartibotdir.
Insonparvarlik printsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati, manfaati masalasini belgilash.
Umuman suverenitet atamasi baynalminal so’z, atama, u frantsuzcha so’zdan kelib chiqib, “oliy hokimiyat” degan ma’noni beradi.
Konstitutsiyalotincha “constitution” so’zidan olingan bo’lib, “o’rnataman” degan ma’noni beradi.
«Davlat suvereniteti» iborasi frantsuzcha «yuqori hokimiyat», «oliy hokimiyat» degan ma’noni anglatadi. Davlat suvereniteti deganda, davlat hokimiyatining ustivorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to’la mustaqilligi tushuniladi.
Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta’limot dastlab feodalizmga qarshi kurash yo’lida ishlab chiqilgan edi.
T Ye S T L A R.
1. Ayni bir shaxs bir paytning o’zida Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi bo’lishi mumkinmi?
A) ha;
V) ha, agar saylansa;
S)* mumkin emas;
D) ha, faqat qonunda belgilan tartibda;
E) to’g’ri javob yo’q.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib chiqish qaysi organga yuklatilgan?
A)* Oliy Majlisga;
V) Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisiga;
S) O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga;
D) Moliya vazirligiga;
E) Moliya vazirligi va Markaziy banki
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, odatda, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining qanchasi ishtirok etayotgan bo’lsa, vakolatli hisoblanadi?
A) yarmidan ko’pi;
V) kamida oltmish foizi;
S) kamida to’rdan uch qismi;
D) kamida o’ttiz uch foizi;
E) *kamida yarmi.
4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini kim ta’minlaydi?
A) ijro etuvchi hokimiyat;
V) Prezident va Vazirlar Mahkamasi;
S) *Vazirlar Mahkamasi;
D) Prezident;
E) Bosh Vazir.
Do'stlaringiz bilan baham: |