5. Senatning vakolat muddati:
A) 4 yil
V) 3 yil
S)* 5 yil
D)7 yil
E) to’g’ri javob yo’q
6. Kimlar Qonunchilik palatasining deputati bo’lishi mumkin?
A) Saylov kuni o’ttiz besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston
Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi.
V) Saylov kuni yigirma bir yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston
Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
S) Saylov kuni yigirma bir yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston
Respublikasi hududida vaktinchalik yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
D) * Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston
Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi.
E) Saylov kuni o’ttiz besh yoshga to’lgan hamda kamida un yil O’zbekiston
Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi.
TARQATMA MATERIALLAR.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi
1-kazus.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bir qator deputatlar guruhi tomonidan Qaror loyihasi kiritildi. Qaror loyihasida Qonunchilik palatasi Reglamentiga o’zgartirish kiritish orqali quyi palata qo’mitalariga ayrim masalalar bo’yicha quyi palata nomidan qaror qabul qilish vakolati berilishi nazarda tutilgan. Qaror loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko’ra, mazkur amaliyot bir qator xorijiy mamlakatlar parlamentida keng qo’llanilayotgan bo’lib, quyi palata faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirish hizmat qiladi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tarkibiy tuzilmalarining shakllanish tartibi, vakolatlari va faoliyatining yo’nalishlarini ko’rsating. Quyi palata qarorlari bilan qo’mita qarorlarini qiyosiy tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |