Qonunchilik jarayoni
Konstitutsiyaga asosan Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Bu degani u qonun qabul qiladi. O’zbekistonda boshqa qonun qabul qiluvchi organ yo’q.
Qonun qabul qilishda Oliy Majlisning har ikkala palatasi ishtirok etadi. Lekin qonunni tayyorlash, loyihalarni muhokama va qabul qilish Qonunchilik palatasida amlga oshiriladi. Palataning nomini o’zi ham, qonun qabul qilishda uning roli alohida ekanligini ko’rsatadi.
Qonun qabul qilish alohida va aniq tadbirlarni o’z ichiga olgan jarayondan iborat. Bu jarayon ma’lum bosqichlardan iborat bo’lib, qonunlarda belgilab qo’yilgan.
Qonunchilik jarayonining ayrim masalalari Konstittsiyada ham belgilangan va mos ravishda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti”da, hamda Senatga taalluqli shunday qonunlar bilan tartibga solinadi.
Qonunchilik jarayoni odatda quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
- Qonunchilik tashabbusi;
- Qonun loyihalarini ko’rib chiqishga qabul qilish va loyihani muhokama qilish;
- Qonunlarni qabul qilish va ma’qullash;
- Qonunlarni imzolash, e’lon qilish.
Konstitutsiyaning 83-moddasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subьektlar ko’rsatib qo’yilgan. Unga asosan, Qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Parlament qanday organ, uni vujudga kelishi ahamiyati nimada?
O’zbekistonda Parlament shakllanishi qachondan boshlanadi?
Oliy Majlisning hokimiyat tizimidagi o’rni qanday?
Oliy Majlisning vazifalari nimalardan iborat?
O’zbekistonda ikki palataga o’tish sabablari nima?
O’zbekistonda parlament islohotlarining maqsad va vazifalari nima?
Oliy Majlisning tarkibiy tuzilishi qanday?
Qonunchilik palatasi qanday tashkil qilinadi?
Senat qanday tashkil qilinadi?
Oliy Majlis palatalarining tashkiliy faoliyati shakli qanday?
Qonunchilik palatasining ichki tuzilishi qanday? ?
Senatning ichki tuzilishi qanday?
Palatalarning birgalikdagi vakolatlari qanday?
Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari nimalardan iborat?
Senatning mutlaq vakolatlari nimalardan iborat?
Qonunchilik jarayoni nima?
Qonunchilik bosqichlari nimadan iborat?
Kim qonunchilik tashabbusi huquqiga ega?
Qonun qanday qabul qilinadi?
Qonun qanday ma’qullanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |