M A S A L A L A R
1-masala.
Konstitutsiyaviy huquqi tushunchasiga:
Birinchi guruh olimlari (X.Odilqoriev, I.Tulьteev, O’.Muhamedov): “Konstitutsiyaviy huquq – insonning jamiyat va davlatdagi mavqeini, ijtimoiy tuzum asoslarini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidir”, deb ta’riflaydi;
Ikkinchi guruh olimlari (A.Saidov, M.Rustamboev, A.To’laganov, F.Otaxonov va boshqalar):
“Konstitutsiyaviy huquq – davlat tuzilishini mustahkamlovchi, jamiyatning hozirgi va kelajagini belgilovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi, inson va fuqarolarning huquqlarini hamda davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishini belgilovchi, davlat organlari tizimi va ular faoliyatining eng muhim jihatlarini mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir”, – deb ta’kidlaydilar;
O.T.Xusanov: “Konstitutsiyaviy huquq – Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, jamiyat va shaxs munosabatlarini, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalarini, hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog’liq masalalarni tartibga soluvchi huquq normalari yig’indisidan iborat huquq tarmog’i”, – deya ta’kidlaydi.
Savol:
Yuqorida keltirib o’tilgan ta’riflardan qaysi birini ijobiy deb baholaysiz?
“Konstitutsiyaviy huquq”ga beriladigan ta’rif qanday elementlarni o’z ichiga qamrab olishi lozim?
Sizningcha, Konstitutsiyaviy huquqqa qanday ta’rif berish lozim?
2-masala.
Konstitutsiyaviy huquqning predmetini aniqlashda turlicha yondashuvlar bo’lib:
Birinchi yondashuv rus olimlariga xos bo’lib, Konstitutsiya tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning aksariyati davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish masalalaridan iborat, deydilar;
Ikkinchi yondashuv g’arb olimlariga xos bo’lib, konstitutsiyaviy huquqning predmetini, avvalambor, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tashkil etadi. Davlat hokimiyati manfaatlari inson manfaatlaridan kelib chiqishi kerak, deb ta’kidlaydilar;
Uchinchi yondashuv mashhur frantsuz olimi Anri Oriu fikri asosida vujudga kelgan bo’lib, “Konstitutsiyaviy huquqning predmeti davlat hokimiyati va inson huquqlari, erkinliklarini muayyan nisbatda yashashni ta’minlashdan iborat”, deb ta’kidlaydi.
Savol:
“Konstitutsiyaviy huquq”ning predmeti borasidagi yuqorida sanab o’tilgan fikrlardan qaysi biri ijobiydir
Sizningcha, ushbu fan predmetini qanday munosabatlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |