Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash


Download 1.28 Mb.
bet25/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash.

Mamlakatning taraqqiyoti Konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa Konstitutsiyani amal qilishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Fuqarolarning qonunlarga itoatkorligi bu yerda muhim rolь o’ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar ham, ba’zida ayrim guruhlar ham Konstitutsiyaga amal qilavermaydilar. Konstitutsiyaning 15-moddasida shu maqsaddan kelib chiqib, shunday hol bo’lmasligi uchun “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaroalr Konstitutsiyaga muvofiq ish ko’radilar”, – deb qat’iy belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyani buzish, unga amal qilmaslik, davlatchilik asoslarini buzadi, fuqarolar o’rtasida ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Bu esa inson huquqlarini buzishilishiga, oqibatda davlat to’ntarishiga olib keladi.


SHuning uchun davlatlar Konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay, unga amal qilishni ta’minlash choralarini ko’radilar. Bu birinchi navbatda Konstitutsiyalarda ularning normalari hamma uchun birday amal qilishini belgilab qo’yilganligida ko’rinadi. Agar O’zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida Konstitutsiyaga amal qilish davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar uchun shartligi belgilangan bo’lsa, Konstitutsiyaning 47-moddasida “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajaradilar”, 48-moddada “Fuqarolar Konstitutsiya va qoidalarga rioya etishga, boshqa kishilarning huququlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar” deb belgilangan.
Konstitutsiyalarda Konstitutsiyani himoya qilish vazifalari belgilab qo’yiladi.
Konstitutsiya qonunchilik asosi.

Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida uning boshqa huquqlar uchun baza asos bo’lishi ko’rsatilgan edi. Qonun huquq ifodalanadigan asosiy hujjatlardan biri bo’lganligi sababli, uning vujudga kelishida ham Konstitutsiyani asos, baza deb hisoblashimiz mumkin.


Eng avvalo shunga e’tibor berish kerakki, qabul qilinadigan qonunlar Konstitutsiyaga zid bo’lmasligi kerak. Bu qonunlarni yaratishdagi asosiy printsip. Ikkinchidan, qabul qilinadigan qonunlar konstitutsiya normalariga tayanishi, uni hayotga tatbiq qilishni nazarda tutishi, Konstitutsiyada nazarda tutilgan qoidani yanada to’laroq tartibga solishni maqsad qilishi shart.
Masalan, Konstitutsiyaning 37-moddasi: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deb belgilangan.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling