Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Konstitutsiyaning printsiplari va xususiyatlari


Download 1.28 Mb.
bet22/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2. Konstitutsiyaning printsiplari va xususiyatlari

Har qanday mamalaktlarning Konstitutsiyalarining mohiyati, vazifasi, xususiyatlari uning printsiplari orqali ma’lum bo’ladi.


Printsip Konstitutsiyaning mohiyati, yuridik tabiatiga ta’sir qiladigan ularni aks ettiradigan asosiy g’oyalardir.
Ko’p hollarda, mamlakatimizda amal qilayotgan “Konstitutsiyaiy huquq” darsliklarida ham “Konstitutsiyaning printsiplari”, “Konstitutsiyaiy printsiplar bilan bir narsa deb qaralib, chalkashtirib yuboriladi.
Konstitutsiyamizning birinchi bo’limi “Asosiy printsiplar” deb nomlanganligi uchun, uning har bir bobi “Davlat suvereniteti”, “Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya va qonunning ustunligi”, “Tashqi siyosat” Konstitutsiyaning printsiplari sifatida bayon qilinadi3.
Aslida bular konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar bo’lib, ulardagi normalar shu institutlarning, aniqrog’i Konstitutsiyaviy tuzimning printsiplaridir. SHuning uchun “Konstitutsiyaviy printsip – bu Konstitutsiyada mustahkamlangan va Konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning printsiplaridir. Konstitutsiya printsipi esa Konstitutsiyani xarakterlovchi, mohiyati, vazifasi, yuridik tabiatini, maqsadini belgilovchi asosiy g’oyalar hisoblanib, ular Konstitutsiyaning o’zida aniq yozilgan bo’lishi shart emas. Masalan, “insonparvarlik” printsipini Konstitutsiyaning barcha qoidalarida his qilish mimkin.
Konstitutsiyaning asosiy printsiplari bir-biri bilab bog’liq, bir-birini to’ldiruvchi davom ettiruvchi g’oyalardan iborat bo’lib, ular barcha demokratik davlatlar Konstitutsiyalariga xos bo’ladi va shuning uchun ular O’zbekiston Konstitutsiyasi uchun ham xosdir. SHuning uchun Konstitutsiyaning asosiy printsiplarini O’zbekiston Konstitutsiyasi misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Asosiy qonunimizning printsiplari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Demokratizm printsipi. Demokratiya insoniyat tarixida vujudga kelgan va unga barcha xalqlar bab-baravar intiladigan tartibotdir. Demokratiya uzoq vaqt davomida shakllanadigan, o’zida xalqlarning qadriyatlarini mujassamlagan, ko’pchilik uchun mos va qulay tartib hisoblanadi. Demokratizm ana shu tartibni (demokratiyani), uning hayotda qo’llanilishi mexanizmidir. Demokratiya deganda xalq hokimiyatchiligi tushunilsada, uning mazmuni ancha keng. Demokratizm mavjud bo’lganda, xalq suvereniteti – xalqning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi amalga oshishi mumkin. SHuning uchun demokratizm O’zbekiston Konstitutsiyasining barcha printsip va qoidalariga singdirilgan yoki boshqacha qilib aytganda demokratizm Konstitutsiya normalari orqali qonuniy mustahkamlanilgan. Konstitutsiya jamiyatda fikrlar xilma-xilligi uchun asos bo’ladi.
Konstitutsiyamizning demokratik xaraterini, u demokratizm g’oyalariga suyanganligini, Konstitutsiyaning muqaddimasidan ham bilish mumkin. Demokratizm printsipining mavjudligi Konstitutsiyaning boshqa printsiplarini bo’lishini belgilab beradi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling