Zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi fizika-texnika instituti


Download 22.3 Kb.
bet1/2
Sana17.01.2023
Hajmi22.3 Kb.
#1096677
  1   2
Bog'liq
O\'quv dastur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI


/ «Tasdiqlayman» /
Fizika-texnika instituti direktori
_______________ X.K. Olimov

“____”______________ 2023-yil


04.01.10 - Yarim o‘tkazgichlar fizikasi


ixtisosligi bo‘yicha nazariy va uslubiy kursning
O‘QUV DASTURI





Ilmiy kotib:
f-m.f.d., prof. N.Sh. Saidxonov


Toshkent-2023
NAZARIY-METODOLOGIK KURSNI O‘QITISHNING
MAQSAD VA VAZIFALARI


Ushbu nazariy-metodologik kursning maqsadi tayanch doktorantning yarim o‘tkazgichlar va yarim o‘tkazgichli qurilmalarning zamonaviy fizikasi fanidan bilimini chuqurlashtirish, unda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, jumladan ilmiy yondashuv va uslublarni qo‘llash masalalari bo‘yicha tizimli bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Shu maqsaddan kelib chiqib, nazariy-metodologik o‘quv kursi quyidagi vazifalarni belgilaydi:
-ilmiy faoliyat toʼgʼrisida tayanch doktorantda tizimli yondashuvga asoslangan holda to‘liq va mukammal bilimlarni shakllantirishga erishish;
-tayanch doktorantda Yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi eng zamonaviy nazariy bilimlar bilan tanishtirish;
-tayanch doktorantda ilmiy faoliyatni tashkillashtirish boyicha amaliy bilim va konikmalarni shakllantirish.


NAZARIY-METODOLOGIK KURSNI O‘ZLASHTIRISHGA
QO‘YILGAN TALABLAR


Kursni oʼzlashtirish natijasida tayanch doktorantdan:
-yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi eng zamonaviy nazariy bilimlar, yarim o‘tkazgichli asboblarni olish texnologiyalari, ularni ishlash prinsiplari haqida tasavvur va chuqur bilimga ega bo‘lishi;
-ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, ilmiy faoliyatning zamonaviy usul va uslublarini qo‘llash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
-olingan eksperimental ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va izohlashning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llay olish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi;
-mustaqil ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatda egallash va ulardan foydalanish, o‘z ilmiy kompetensiyalarini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
-ilmiy hujjatlarni (dissertatsiyalar, ma’ruzalar, taqrizlar, avtoreferatlar, annotatsiyalar, ma’ruzalar, maqolalar), bibliografiya va adabiyotlar ro’yxatini tuzish va loyihalash usullari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi.



Download 22.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling