Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Fuqarolar yig’inini tashkil etish


Download 1.28 Mb.
bet181/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Fuqarolar yig’inini tashkil etish

Fuqarolar yig’ini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridir. Ularni tashkil etish konstitutsiyaviy asosga ega. Bu institut mamlakatdagi demokratik institutlar tizimida yetakchi mavqega ega. Uni tashkil qilish, faoliyati demokratik printsiplarga asoslanadi. Qonunda bu printsplar alohida moddada mustahkamlab qo’yilgan bo’lib, quyidagilardir:


1. Demokratizm printsipi. Fuqarolarnig o’zini o’zi boshqarish organlarini tashkil etishda, faoliyatida, hududdagi barcha axoli to’liq ravishda ishtirok etadi. Masalalarni ko’pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Fuqarolar yig’ini organlari tarkibiga saylash va saylanishda hamma teng huquqga ega. 2. Oshkoralik printsipi barcha masalalar aholi yoki ularning vakillari ishtirokida kollegial ravishda hal qilinishi, ko’riladigan masalalar haqida xabarlarni oldindan tarqatilishi, qabul qilingan hujjatlarni barchaga yetkazishda ko’rinadi. Fuqarolar yig’ini faoliyatidan barcha xabardor bo’lib turadi.
3. Ijtimoiy adolat printsipi – hududdagi barcha fuqarolarning manfaati, ularning ish joyi, mulkiy ahvolidan qa’tiy nazar teng himoya qilinishida, yordamga muhtojlarga alohida yordam qilinishida, ularni qo’lab-quvvatlash choralari ko’rilishida namoyon bo’ladi.
4. Insonparvarlik printsipi – shaxs manfaati, fuqaro manfaati ustun qo’yilishida, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati joyiga qo’yilishida, yoshlarni axloqiy tarbiyasiga, oilada yaxshi muhit bo’lishiga e’tiborda ko’rinadi.
5. Mustaqillik printsipi – fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’z vakolati doirasida mahalliy ahamiyatga molik masalalarni: obodonlashtirish, atrof muhitni saqlash, hududda turli xil hizmatlar ko’rsatish masalalarida mustaqil qaror qabul qiladi. Ularning vakolatlariga taalluqli masalalarni hal qilishga hech kim va hech qanday organ aralashmaydi.
6. Jamoatchilik asosidagi o’zaro yordam printsipi – o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati jamoatchililikka asoslanadi. Unga tegishli ko’p masalalar jamoatchilik asosida haq olinmasdan amalga oshiriladi.
Mahallani tuzish, qo’shib yuborish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o’zgartirish o’zin o’zi boshqarish organlari tashabbusi bilan mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig’inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig’ini organlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yig’ini Kengashi;
fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar;
fuqarolar yig’ini taftish komissiyasi;

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling