1-Amaliy dars mavzusi: Shahar ko‘chalari, yo‘llari va transport vazifalarining tasnifi
Download 1.3 Mb.
|
1 Амалий дарс
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaharlarni rejalashtirish tizimi: a-radial; b-radial-halqasimon; v - to‘g‘ri to‘rtburchakli; g-aralash.
1-Amaliy dars mavzusi: Shahar ko‘chalari, yo‘llari va transport vazifalarining tasnifi. Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar joy mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi. Eski shaharlarning rejalashtirilishi ijtimoiy, topografik va iqlim sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan). Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. YAngi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Shaharlarni rejalashtirishning bir nechta tizimlari farqqilinadi: radial, radial-halqasimon, to‘g‘ri to‘rtburchakli va aralash (1-rasm). SHaharlarni rejalashtirish tizimi: a-radial; b-radial-halqasimon; v - to‘g‘ri to‘rtburchakli; g-aralash. Ko‘pgina qadimiy shaharlar-qal’alar uchun radial-halqasimon rejalashtirish tizimi xosdir. Bunday rejalashtirishga eski Farg‘ona shahri misol bo‘la oladi. XVII...XVIII asrlarda asos solingan shaharlar, odatda, to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishga ega. Aralash rejalashtirish tizimida muntazam to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirish diagonal ko‘chalar-nurlar yotqizish bilan qo‘shib olib boriladi, ular to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishdagi biroz birxilliklarni buzadi va chiroyli maydonchalar hamda ko‘chalar perspektivasini vujudga keltiradi. Yangi shaharlarni loyihalashda ko‘chalar tarmog‘i rejasi shahardagi harakatlanish oqimlarining ko‘zda tutilgan yo‘nalishlariga asoslanib belgilanadi. Ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat foydalanadigan joylarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk oqimlarining yo‘nalishi va miqdori belgilanadi. Birinchi navbatda, eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha asosiy magistrallar loyixalanadi. +olgan ko‘chalar turar joy mavzelarini sanoat korxonalari, muassasalar, vokzallar va hokazolar bilan qulay transport aloqasi bilan bog‘lash shartiga ko‘ra asosiy magistrallarga yordamchi yo‘llar tarzida joylashtiriladi. Shahar ko‘chalari tasnifi ularning belgilari (alomatlari) ni nazarda tutishga asoslanadi: imoratlarning xarakteri, istiqboldagi harakatlanish jadalligi va turlari, er osti xo‘jaligining rivojlanish darajasi, ko‘chalarning ko‘cha tarmog‘i planidagi va shahar atrofi yo‘llarining kirib kelishiga nisbatan vaziyati. 1-jadvalda shahar ko‘chalarini loyihalash me’yorlarida qabul qilingan tasnifi keltirilgan (SHNK. 0.07.01-03). Murakkab relef yoki kayta kurish sharoitida xarakatning xisoblangan tezligini pasaytirish va shaxar kucha va yullari rejasi va kundalang kesimi ta’rifini 3 – jadvalga kura olish mumkin buladi. Turli transport vositalari okimlari kuchliligini xisoblashda ularni kuyidagi koeffitsientlar bilan bir xisob avtomobiliga keltirish lozim: Engil avtomobillar -1 Yuk avtomobillar, yuk kutarishi, t: 2,0 gacha -1,5 2,0 dan 5 gacha -2,0 2,0 dan 8 gacha -2,5 8 dan ortik -3,5 avtopoezdlar -KMK 2,05,02-95 «Avtomobil yullari»ga muvofik: avtobuslar -2,5 troleybuslar -3,0 ulama avtobuslar va tramvaylar -4,0 mototsikl, mopedlar -0,5 1-jadval
Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling