Mavzu: shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘I. Reja
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
MAVZU: SHAHAR YO‘LLARI VA KO‘CHALARI TARMOG‘I. Reja: 1. Shahar yo’llari tarmog‘i, asosiy sxemalari. 2. Shahar yo’llari va ko’chalari tasnifi. 3. Shahar yo‘llari va ko‘chalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Tayanch iboralar: Shahar yo’llari, ko‘chalar, tarmoq, shaharlarni rejalashtirish, radial, xalkasimon, aralash, transport, iqlim. harakatlanish jadalligi. Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar joy mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi. Eski shaharlarning rejalashtirilishi ijtimoiy, topografik va iqlim sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan). Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Jahon shaharsozligi tajribasida transport infrastrukturasini rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu – shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT)ning zichligi (δ)dir. Bu ko‘rsatkich KYT uzunligining shahar maydoniga nisbati bilan tavsiflanadi. Shaharning umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin[3]: 𝛿 𝑢𝑚 = 𝐿 𝑢𝑚 𝑆 (1) bu yerda: δ um – shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy zichligi, km/ km 2 ; L um –ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi, km; S – shaharning umumiy maydoni, km 2 . Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi 66,7 km ni tashkil etadi. Shahardagi barcha ko‘chalarning umumiy maydoni – 258,54 ga. Urganch shahrining asosiy (jamoat transporti yuradigan) ko‘cha yo‘l tarmog‘i uzunnligi-65,6 km. Urganch shahridagi barcha ko‘chalarning uzunligini shahar umumiy maydoniga nisbatidan – shaharning umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi (δ um ) kelib chiqadi, ya’ni: 𝛿 𝑢𝑚 = 66,7 29 = 2,3 𝑘𝑚/𝑘𝑚 2 (2) bu yerda: δ um – Urganch shahrining umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi; L – umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining uzunligi; S – Urganch shahrining umumiy maydoni. Huddi shunday, Urganch shahridagi asosiy (jamoat transporti qatnaydigan) ko‘chalarning uzunligini [2] shahar umumiy maydoniga nisbatidan – asosiy ko‘chalarga nisbatan shaharning asosiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi (δ as ) kelib chiqadi: 𝛿 𝑎𝑠 = 𝐿 𝑎𝑠 𝑆 = 65,6 29 = 2,3 км/ 𝑘𝑚 2 Amaldagi normalar bo‘yicha KYT zichligi ular orasidagi masofa 0,5-1,0 km bo‘lgani holda δ as = 2.2-2.4 km/km 2 ni tashkil etadi [2]. Bundan ko‘rinadiki, Urganch shahrida hozircha δ as qiymati normadan o‘rtacha hisobda 0,1 ko‘p. Shaharsozlikda KYT zichligining ko‘rsatkichi yana bir muhim faktorga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich KYTning nochiziqlilik koeffitsienti (K n )dir. Mazkur koeffitsientning kattaligi shahar KYTning sxemasiga bog‘liqdir. Jahon shaharsozligi tajribasidan ma’lumki, bu borada eng maqbul sxema – bu diagonalli to‘rtburchakli sxema bo‘lib (1-rasm), u AQShning bir qancha yangi va kichik shaharlarida amalda qo‘llanilgan. Mazkur sxema bo‘yicha K n =1.1-1.2. Xalqasimon sxemada bu ko‘rsatkich K n = 1.5 ni tashkil etadi. 2.1-rasm. KYTning rejaviy sxemalari. a-erkin sxema; b-radial; v-radial-xalqasimon; g-uchburchakli; d-to‘g‘riburchakli; ye-to‘g‘riburchakli-diagonal. Urganch shahri KYTda esa kombinatsiyalashgan sxemani ko‘rishimiz mumkin, ya’ni markaziy hiyobon zonasi radial-xalqasimon bo‘lsa, shaharning nisbatan yangi zonalari to‘g‘riburchakli sxema asosida tashkil etilgan. KYTning zichligining kattaligi shaharda transport vositalarining o‘tkazish qobiliyatini oshirsa, ikkinchi tomondan juda katta kapital mablag‘larni talab qiladi hamda shaharsozlikda qimmatli bo‘lgan yer maydonlaridan unumli foydalanish koeffitsientini kamaytirib yuboradi. Bundan tashqari, shaharsozlik tajribasidan ma’lumki, shahar aholisi bilan KYT zichligi o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjud. Ya’ni kichik shaharlarda, aholisi 100-250 ming kishi bo‘lgan shaharlarda KYT zichligi δ=1.6-2.2 km/km 2 atrofida bo‘lsa, aholisi 2 mln.dan ortiq shaharlarda bu ko‘rsatkich δ=2.4-3.2 km/km 2 ni tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, shahar aholisiga nisbatan KYT zichligi shahardagi har bir aholi soniga nisbatan proporsional ravishda oshib boradi. Yuqorida tahlil etilgan masalalardan quyidagilarni xulosa qilamiz: • Urganch shahri uchun KYT zichlik ko‘rsatkichi jahonning boshqa yirik shaharlariga nisbatan juda ko‘p bo‘lib, u o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham ancha ko‘p, ya’ni, [δ o‘r ] = 1.6-2.2 km/km 2 < 8.2 km/ km 2 (aholisi 100-250 ming kishi bo‘lgan shaharlar uchun); Ko‘pgina qadimiy shaharlar-qal’alar uchun radial-halqasimon rejalashtirish tizimi xosdir. Bunday rejalashtirishga eski Farg‘ona shahri misol bo‘la oladi. XVII...XVIII asrlarda asos solingan shaharlar, odatda, to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishga ega. Radial-xalqaviy sxema harakatni tashkil qilishda ixcham va qulay sxemalardan biridir. Lekin, bu sxemada shaharning kengayishi bilan shahar markaziga bosim ortadi, natijada xavfsiz harakatlanishda yuzaga kelgan to‘siqlar qo‘shimcha yechimlar izlashni, ya’ni shaharning hayotiy funksiyasi bo‘lgan transport harakatni tartibli va havfsiz tashkil qilishni talab etadi. Aralash rejalashtirish tizimida muntazam to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirish diagonal ko‘chalar-nurlar yotqizish bilan qo‘shib olib boriladi, ular to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishdagi biroz birxilliklarni buzadi va chiroyli maydonchalar hamda ko‘chalar perspektivasini vujudga keltiradi. Yangi shaharlarni loyihalashda ko‘chalar tarmog‘i rejasi shahardagi harakatlanish oqimlarining ko‘zda tutilgan yo‘nalishlariga asoslanib belgilanadi. Ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat foydalanadigan joylarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk oqimlarining yo‘nalishi va miqdori belgilanadi. Birinchi navbatda, eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha asosiy magistrallar loyixalanadi. Qolgan ko‘chalar turar joy mavzelarini sanoat korxonalari, muassasalar, vokzallar va hokazolar bilan qulay transport aloqasi bilan bog‘lash shartiga ko‘ra asosiy magistrallarga yordamchi yo‘llar tarzida joylashtiriladi. Shahar ko‘chalari tasnifi ularning belgilari (alomatlari) ni nazarda tutishga asoslanadi: imoratlarning xarakteri, istiqboldagi harakat jadalligi va turlari, yer osti xo‘jaligining rivojlanish darajasi, ko‘chalarning ko‘cha tarmog‘i planidagi va shahar atrofi yo‘llarining kirib kelishiga nisbatan vaziyati. 2.1-jadvalda shahar ko‘chalarini loyihalash me’yorlarida qabul qilingan tasnifi keltirilgan (ShNK. 2.07.01-03). 2.1-jadval Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling