Mavzu: shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘I. Reja
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo ko‘chalari
- Qirg‘oq oldi ko‘chalari
Asosiy ko‘chalar- umumshahar markazidagi asosiy jamoat markazlariga,
savdo va tomosha muassasalariga, bayram kunlarida aholini sayrga chiqishi uchun ajratilgan joylar uchun loyihalanib, unda relsli va yuk transporti harakati loyihalanmaydi. Bunday ko‘chalar ma’muriy, jamoat binolari bilan, yirik savdo va tomosha muassasalari bilan, ko‘rgazma pavilonlari, teatrlar, turli klublar va muzey ob’ektlari bilan chegaralanadi(2.5-rasm). 2.5-rasm. Asosiy ko‘chalarning transport tugunlarida o‘zaro bog‘lanishi (Shanxay). 2.6-rasm. Asosiy ko‘chalarning transport tugunlarida o‘zaro bog‘lanishi. Aholi ko‘p yig‘iladigan katta binolar atrofida, shahar yo‘lovchi transportlari uchun bekatlar qulay joylashtirilishi lozim. Asosiy ko‘chalar atrofida kirib-chiqish atrofdagi magistrallarga halaqit bermaydigan vaziyatda yengil avtomobillar uchun tuxtab turish maydonlari ajratilishi lozim. Savdo ko‘chalari- katta miqdordagi piyodalar oqimini savdo muassasalariga kelib-ketishi uchun mo‘ljallanadi. Savdo do‘konlari uchun transport xizmati piyodalar harakatiga xalaqit bermaydigan, boshqa tomondan tashkillashtiriladi. Ko‘pincha savdo ko‘chalari alohida ajratilmasdan, asosiy ko‘chalar tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun shaharning ma’muriy-jamoat markazlarida savdo ko‘chalari alohida ajratilmaydi va bu bilan u yerda transport harakatini tashkillashtirish masalasi osonlashadi. Bizning shaharlarda bunday ko‘chalar asosan, bozorlar va katta savdo markazlari atroflarida loyihalanadi. Qirg‘oq oldi ko‘chalari- daryo, dengiz, ko‘l va boshqa suv havfzalari bo‘ylab loyihalanadi. Bunday ko‘chalar, suv havfzalarini ularga tutash hududlardan ajratib, sohil bo‘ylab utkaziladi (2.6-rasm). Qirg‘oq oldi ko‘chalarini loyihalashda aholini suv havfzasidan imkoni boricha ko‘proq manfaatdor bo‘lishi uchun ko‘chani suv havfzasiga yaqinroq olish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun qirg‘oq bo‘ylab sayr qilish uchun alleya sifatida yashil polosalar tashkil etilib, ularning chegarasi bo‘ylab qatnov qismi ham yo‘lga quyiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling