Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet197/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Prokuratura organlari


1-masala.
Namangan viloyati bo’lim prokurori B. ishdan bo’sh bo’lgan vaqtlarida o’z faoliyatida ko’rgan va eshitgan voqealari asosida, kriminal qissalar yozar edi. Bo’lim prokurori B. do’stlaring maslahatiga ko’ra, yozgan qissalarini to’plab, kitob shaklida bir necha yuz nashada nashr etdi. Bundan xabar topgan Prokuratura organlari ichki xavfsizlik inspektsiyasi bo’lim prokurori B.ni mansab vazifasini o’tash davrida nashr etilgan kitoblarni sotish orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotganlikda ayblab, unga nisbatan intizomiy chora qo’llash haqida yuqori turuvchi prokurorga taqdimnoma kiritdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida Prokuratura organlari hodimlariga nisbatan qanday talablar qo’yilgan? Prokuratura organlari xodimlari haq to’lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanishi mumkinmi?


2-masala.
Kitob tuman prokuraturasi tomonidan tuman huddudida joylashgan Paxtani qayta ishlash zavodining ishchilariga 6 oydan beri oylik ish haqlari berilmayotganligi holati bo’yicha olib borilayotgan tekshiruv harakatlari yuzasidan, ishchilaning bir guruhi yuqoridagi masalaning qonuniy, har tomonlama va holisona hal etilishini nazarda tutishib, mazkur ishchilarning arizalarini ular istiqomat qiladigan hudud prokuraturasiga yuborishni so’rab, tuman prokuraturasiga murojaat qildilar.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Prokuratura mazkur holatda fuqarolarning murojaatlariga qanday javob berishi lozim?


3-masala.
Fuqaro P. Samarqand viloyat prokuraturasiga murojaat qilib, ish o’rganuvchi lavozimiga ishga kirish istagi borligini bildirdi va tegishli hujjatlarni topshirdi. Viloyat prokuraturasi kadrlar bo’limi prokuratura organlarida ish o’rganuvchi lavozimiga ishga olish uchun fuqaro P.ning harbiy bileti yo’qligi sababli hujjatlarini qaytardi. Fuqaro P. esa bu lavozimga ishga kirish uchun oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo’lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog’lig’i imkon beradigan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanishini ta’kidlab, o’z e’tirozlarini bildirdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Fuqaro P.ning e’tirozlari o’rinlimi?



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling