Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
2-masala.
Yakka tartibda davlat ro’yxatidan o’tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqaroF. buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida xo’jalik sudiga murojaat qildi. Xo’jalik sudi uning buzilgan huquqlarini tiklash o’rniga, mazkur shaxsni davlat ro’yxatidan o’tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotganligi sababli unga nisbatan tegishli chora ko’rilishi lozimligini bildirdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik sudlarining Sud tizimidagi o’rnini yoritib bering, ho’jalik sudlarini vazifa va funktsiyalarini ko’rsating. 3-masala. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisida oliy malaka hay’ati tarkibini saylash masalasi kun tartibiga qo’yildi. Oliy sud Plenumi majlisida Oliy sud raisi uzrli sabablarga ko’ra ishtirok eta olmadi. SHuning uchun, Plenumi majlisida raislik qiluvchi tayinlandi va u barcha nomzodlarni taqdim etdi. Ammo, Plenum majlisida ishtirok etayotgan sudyalar raislik qiluvchi tomonidan ko’rsatilgan har qanday nomzodlarni saylashdan bosh tortishdi. Hamda, Plenum majlisini keying qoldirishni taklif qilishdi. Ammo, majlis barcha protsessual qoidalarga rioya qilingan holatlar bo’yicha o’tkazilayotganligi uchun majlisni to’xtatishga xech qanday asos bo’lmadi. Tayinlangan raislik qiluvchi Oliy sud raisining majlis doirasida amalga oshirishi mumkin bo’ladigan barcha huquqlarga ega ekanligini aytdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining sud tizimidagi o’rnini yoritib bering. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatining shakllarini yoritib bering? 4-masala. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi R. o’zining 25 yoshdaligi, oliy yuridik ma’lumotga egaligi va besh yillik pedagogik staji mavjudligini hisobga olib, Fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand viloyati sudining malaka hay’atiga sud’yalikka zaxiraga kiritish yoki sudьyalarning aniq bo’sh lavozimlarini egallash istagini bildirib ariza bilan murojaat qildi. Ammo malaka hay’ati tomonidan fuqaro R.ning arizasi rad etildi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Fuqaro R.ning murojaati asoslimi? O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, sudьyalikka nomzodlarga qanday talablar qo’yilgan? 5-masala. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo’yicha sudi sudьyasi H. xizmat burchini qo’pol buzganligi va xizmat vazifasini lozim darajada bajarmayotganligi sababli Oliy sud raisi tomonidan uning mansab darajasini 3 pog’ona pasaytirish to’g’risida buyruq chiqarildi. Oliy sud raisining mazkur buyrug’i ustidan sudьya H. shikoyat bilan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga murojaat qildi. Bosh prokuror sudьya H.ning mansab vazifasini pasaytirilishini “Sud xodimlarining mansab darajalari to’g’risida”gi nizom qoidalarining buzilishi deb topdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Sud hodimlarining mansab darajalarini berilishi yoki uning olib qo’yilishining huquqiy asoslarini yoritib bering. Oliy sud raisining xatti-xarakatlari ustidan Bosh prokurorga shikoyat berilishi qonuniymi? Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling