3-masala.
Konstitutsiyalar turli mezonlar asosida turlarga ajratilgan bo’lib, AQSH konstitutsiyasi tirik, Sobiq Ittifoq konstitutsiyasi esa, fiktiv, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasi yozilmagan, Frantsiya konstitutsiyasi esa yozilgan turlarga ajratilgan.
Savol:
1. Ushbu davlatlar konstitutsiyalari qaysi mezonlar asosida turlarga ajratilgan?
2. Ularning o’zaro farqi nimada?
3. Sizningcha, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qaysi turga mansub?
4-masala.
Fuqaro A.ga tegishli bo’lgan yer uchastkasini olib qo’yish to’g’risida qaror qabu qildi. Fuqaro A. tuman hokimining yer uchastkasini olib qo’yish to’g’risidagi qarorini bekor qilib berishni so’rab O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qildi.
Savol:
Tuman hokimining harakatlari qonuniymi?
Fuqaroning harakatlari to’g’rimi?
Konstitutsiyaviy sud ushbu qarorni bekor qilishga haqlimi?
Bu konstitutsiyaviy nazoratning qanday shakli hisoblanadi?
5-masala.
Fuqaro S. noqonuniy ravishda egallab olingan o’ziga tegishli uy-joylarga bo’lgan mulkiy huquqlarini tiklab berishni so’rab murojaat qildi. Konstitutsiyaviy sud esa, ushbu murojaatni belgilangan tartibda oddiy tartibda ko’rib chiqdi. Fuqaro ushbu murojaatni Konstitutsiyaviy sud ish yurituvi tartibida ko’rib chiqishni so’raganligini aytib qayta murojaat qildi. Konstitutsiyaviy sud esa ushbu murojaatni rad etdi.
Savol:
1. Konstitutsiyaviy sudga uy-joyga bo’lgan mulkiy huquqni so’rab surojaat qilish mumkinmi?
2. Fuqaroning Konstitutsiyaviy sudga takroran murojaat qilishi va yuqoridagi holatda qo’ygan talabai qonuniymi?
3. Konstitutsiyaviy sud fuqarolar murojaatini qanday tartibda ko’rib chiqadi?
4. Konstitutsiyaviy sudning xatti-harakati ustidan qaysi organga murojaat qilish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |