O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va takomillashuvi
1-masala.
Fuqaro J. 1992 yil 26 sentyabrda e’lon qilingan Konstitutsiya loyihasiga o’z takliflarini bildirgan holda tuman hokimligi binosiga keldi. Tuman hokimi ushbu takliflarni tuman gazetasida chop etdi va fuqaroga esa, siz Konstitutsiya loyihasida faol ishtirok etdingiz deya javob berdi. Biroq J.ning takliflari Konstitutsiya loyihasida o’z ifodasini topmadi. Ushbu holatdan xabar topgan J. tuman hokimining ustidan sudga shikoyat qildi.
Savol:
Fuqaroning Konstitutsiya loyihasi yuzasidan bildirilgan takliflar tuman hokimligiga taqdim etilganligi to’g’rimi?
Ushbu holatda tuman hokimining harakatlari qonuniymi?
Fuqaroning o’z fikrlari Konstitutsiyaga kiritilmaganligi yuzasidan da’vo qilishi o’rinlimi?
J.ning takliflari gazetada e’lon qilinishi umumxalq muhokamasi hisoblanadimi?
2-masala.
Fuqaro M. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo’shimcha va o’zgartirish kiritish maqsadida ushbu norma loyihasini va taklifini ishlab chiqqan holda Oliy Majlisga kiritdi. Oliy Majlis ushbu taklifni ko’rib chiqib, ayrim kamchiliklarni to’ldirib berishni so’radi. M. ushbu kamchiliklarni to’ldirgan holda qo’shimcha hujjatlar bilan birga yana taqdim qildi. Uch oydan keyin Oliy Majlis M.ni yana chaqirib loyihaning ayrim jihatlarini takomillashtirib berishni so’radi. Bu kabi holat 2-3 marta takrorlanib, oradan 1 yil o’tdi. Biroq ushbu qonun loyihasi bir yildan keyin Konstitutsiyaga kiritishga yetarlicha asoslantirilmagan deb topilib rad etildi. Fuqaro Oliy Majlisning bunday xatti-harakatlari yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga ushbu qonun loyihasi bahonasida uni sarson qilganligini, unga moddiy va ma’naviy zarar yetkazilganligini bildirib, uni undirib berishni so’rab murojaat qildi.
Savol:
Fuqaro Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish huquqiga egami?
Oliy Majlisning harakatlari qonuniymi?
Fuqaroning Konstitutsiyaviy sudga qilgan murojaati qonuniymi?
Bunday zarar qaysi organ tomonidan himoya qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |