Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Fuqarolariing shaxsiy huquq va erkinliklari


Download 1.28 Mb.
bet72/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

3. Fuqarolariing shaxsiy huquq va erkinliklari

SHaxsiy huquq va erkinlik tushunchasini aniqlashdan avval umuman, huquq nima? Erkinlik nima? degan tushunchani aniqlash lozim. Huquq davlat tomonidan ta’minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo’lish, zo’rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir. Erkinlik esa, biror-bir narsada (hulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashni yukligidir.


SHaxsiy huquq erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog’ligi, e’tiqodi bilan bog’liqdir. SHaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir.
SHaxsiy huquq va erkinliklarni odatda tabiiy huquqlar ham deb yuritiladi. Ular inson tug’ilishi bilan vujudga keladi
A)  Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi

Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir24deb qayd qilingan, Konstitutsiya qabul qilinayotgan Oliy Kengash sessiyasida va shu g’oya Konstitutsiyada to’la o’z ifodasini topgan.


Inson hayoti, Konstitutsiyada yashash huquqini belgilanishi va har tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning o’zviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir” deb belgilangan.
Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi hayot kechirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun, inson hayotiga har qanday tajovuz qonunga asosan jazolanadi. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida inson hayotiga qilingan tajovuzlarga jazo belgilangan. Kodeksning 97-moddasida kasddan odam o’ldirish uchun, 98-moddada kuchli ruhiy hayojon natijasida kasddan odam o’ldirish uchun, 99-moddada onaning o’z chaqalog’i (bolasini) o’ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xuddi shuningdek jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik bilan odam o’ldirish, zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam o’ldirish uchun ham jinoiy jazo belgilangan.
B)SHaxsni aybdor deb topish. Sudda himoya bilan ta’minlanish huquqi

Konstitutsiyaning 26-moddasida “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.


Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas”. – deb belgilab qo’yilgan.
Har qanday kishini aybdor deb topishni faqat sud organlari vakolatiga berilishi demokratik huquqiy davlatga xos xususiyat bo’lib, bu shaxsni himoyalashning muhim vositasidir.
Jahon huquqshunoslik tajribasida “aybsizlik prezumptsiyasi” degan so’z ishlatiladi. Bu degani shaxsni aybi aniq isbotlanib, aybli ekanligi sud e’tirof etguncha, unga hech qanday ayb qo’ymaslik va aybdor deb e’lon qilmaslikdir. SHaxsni aybi qonunlarda belgilangan tartibda, sudda ko’rib chiqilib isbotlansagina u aybdor deb topilishi mumkin.
Sudda ayblanayotgan shaxsning himoyaga bo’lgan huquqini ta’minlashni Konstitutsiyaning 116-moddasi ham ko’zda tutgan, unga asosan “Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday boskichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi”.
“Aybsizlik prezumptsiyasi” yana ayblanayotgan shaxsga o’z aybsizligini isbotlash majburiyatini yuklamaydi (bu tegishli organlarning majburiyati), shuningdek gumonlar isbotlanmasa, bunda gumonlar ayblanuvchi foydasiga hal etilishini ko’zda tutadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling