Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet75/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

4.Siyosiy huquqlar
Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog’liq bo’lib, u tegishli davlatning fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo’lishi mumkin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularni ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Siyosiy huquqlar eng avvalo davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta’sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar bo’lgani uchun, ularning mikdori, amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo’lishligini davlat belgilaydi.
SHaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga asosan ma’lum yoshga yetgan fuqarolar ega bo’ladi. SHuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda chegaralar o’rnatilishi mumkin. Masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilangan bo’lsa, yana saylovlarda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud xukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar degan q oida Konstitutsiyada (117-modda) ko’rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham ma’lum yoshga yetgan bo’lish kerak. Masalan Oliy Majlis deputatlikka 25 yosh, Prezidentlikka 35 yosh. Bundan tashqari saylov qonunlarida harbiy xizmatchilar, diniy arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o’rnatilgan.
Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o’rnatiladigan ayrim cheklashlar, boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.
A) Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish huquqi
Siyosiy huquqlar fuqarolarni davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini ta’minlaydi. Konstitutsiyaning 32-moddasida “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yuli bilan amalga oshiriladi”. deb belgilangan.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling