Yillarda pokiston va afg ‘oniston pokiston
Download 20.98 Kb.
|
13-mavzu
1991-2017 -YILLARDA POKISTON VA AFG ‘ONISTON Pokiston. 1990-yil lari Pokistonda qizg‘ in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog‘onasida korrupsiya bilan bogMiq mojarolar davom etdi. Benazir Bxutto hukumati iste’foga chiqarilgandan so‘ng 1990-yili o‘ tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqqan Musulmon ligase partiyasining rahbari Navoz Sharif hokimiyatni boshqardi. Ammo 1993-yili prezident G‘ulom Is’hoqxon yangi hukumatni ham korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab, iste’foga chiqardi. Shu yili boiib o‘tgan saylovlarda g‘olib chiqqan B.Bxutto yana bosh vazir lavozimini egalladi. Ammo 1996-yili president Sardor Farruk Ahmadxon Legariy Milliy assambleyani tarqatib yubordi va B.Bxutto hukumatini yana iste’foga jo’natdi. 0’tkazilgan parlament saylovlarida Pokiston xalq partiyasi (PXP) qaqshatqich magiubiyatga uchradi. 1999-yil kuzda Pokistonda yana harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, hokimiyatga general Parvez Musharraf boshchiligidagi harbiy qo‘mondonlik keldi. 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda yuz bergan terrorchilik aktidan so‘ng Pokiston terrorchilikka qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiyaga qo‘shildi. Biroq, ko‘plab pokistonliklar nazarida AQSH tcrrorchilarga emas, musulmonlarga qarshi kurashga kirishdi. AQSH bilan yaqinlashish kursini tanlagan P.Musharrafga qarshi suiqasdlar uyushtirildi. U jinoyatlarda terrorchilarni aybladi va mamlakatni ulardan tozalashga va’da berdi. 2003 — 2005-yillari Pokiston armiyasi AQSH yordamida qo‘shni Afg‘oniston hududida harbiy operatsiyalar olib bordi. Islom fundamentalislari esa P.Musharrafni dushman deb e’lon qilib, uni ag‘darib tashlashga va’da berdi. Ko‘pchilikning fikricha, P.Musharraf mamlakatda holatni barqarorlashtirishga erisha olmadi va iste’foga chiqishga majbur boidi. 2008-yilgi saylovlarda PXP hamraisi Asif Ali Zardariy prezident etib saylandi. 2013-yilgi parlament saylovlaridan so‘ng Muhammad Navoz Sharif bosh vazir lavozimini egalladi. Pokiston rivojlanayotgan agrar-industrial mamlakat. U BRIKS davlatlari bilan bir qatorda, XXI asrda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biriga aylanish imkoniyatiga ega boigan o‘n bitta mamlakat qatoriga kiradi. Hozir aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlarga to‘qimachilik, teri mahsulotlari, sport buyumlari, kimyoviy moddalar va gilamlar kiradi. Sanoatning qayta ishlash, neft, tog‘-kon sohalari rivojlanmoqda. SHHTning 2016-yili Toshkentda boiib o‘tgan sammitida Pokistonni tashkilotga qabul qilish tartibi va muddatlari to‘g ‘risidagi hujjat imzolandi. Download 20.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling